1-mavzu. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsad va vazifalari. Ilmiy bilimlarning metodologik asoslari. Reja


Download 28.54 Kb.
bet1/3
Sana17.09.2023
Hajmi28.54 Kb.
#1680031
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsad va vazifalari. Ilmiy bilimlarning metodologik asoslari.
Reja:

  1. Tadqiqot metodologiyasining mohiyati.

  2. Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlash.

  3. Ilmiy tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniqlash.

Fan tushunchasining tahlili. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida
insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘ldi.

Fanning maqsadi - obyektiv va subyektiv olam haqida haqiqiy
bilimga ega bo’lish va ulardan ijtimoiy hayotda foydalanishdan iborat.
Fanning vazifalari:
-dalillarni yig'ish, izohlash, tahlil etish, umumlashtirish va
tushuntirish;
-tabiat, jamiyat, tafakkur va bilishni harakatlantiruvchi qonunlami
aniqlash;
- egallangan bilimlami tizimlashtirish;
- hodisa va jarayonlami tushuntirish;
-hodisa va jarayonlami prognozlashtirish;
-egallangan bilimlardan foydalanishning yo‘nalishlari va shakllarini
belgilashdan iborat.
Quyida fikrimizni tarixiy dalillar asosida isbotlashga harakat qilamiz.
Qadimgi Misr sivilizatsiyasida kohinlar faoliyati bilan uzviy bog’liq
davlat hokimiyatining murakkab tuzilishi paydo bo‘lgan. Bu davrda
kohinlar ilm yetakchilari hisoblangan. Bilim diniy mistik shaklda bo‘lib,
muqaddas kitoblami o‘qiy oladigan barcha kohinlar uchun tushunarli
bo’lgan. Kohinlar matematika, kimyo, tibbiyot, psixologiya, farmakologiya
sohalaridagi bilimlarni egallaganlar, shuningdek, ular gipnoz bilan ham
juda yaxshi tanish bo’lganlar. Mohirona mo‘miyolash qadimgi
misrliklaming kimyo, jarrohlik, fizika fanlari sohasida yutuqlarga ega
ekanliklaridan dalolat beradi. Ular irridodiagnostikaga (ko‘zning
gavharidagi chiziqlardagi o‘zgarishlari asosidagi noan’anaviy tibbiy
diagnostikasi)asos solganlar.
Qadimgi odamlar yashash uchun daryo bo’ylarida joylashganlar, biroq
bu suv toshqinlari xavfini tug‘dirgan. Shuning bois, ular tabiat hodisalarni
muntazam kuzatishga majbur bo‘lganlar, bu esa, o‘z navbatida, tabiat va
inson orasidagi aloqadorlikning o‘matilishiga imkoniyat bergan,
kalendaming yaratilishiga va Quyoshning siklik tarzda tutilishi va hokzalarni
aniqlashga olib kelgan. Har qanday xo‘jalik faoliyati hisob-kitob bilan
bog‘liq bo’lganligi uchun matematika sohasida katta bilim egallangan:
maydonni o'lchash, yetishtirilgan mahsulot hisobi, soliq to’lash hisobidan
proporsional foydalanilgan, moddiy ne’matlar hisob-kitobi ijtimoiy va
professional talabga qarab proporsional olib borilgan. Amaliyotda qo‘llash
uchun tayyor yechimli turli jadvallar yaratilgan. Qadimgi misrliklar faqat
bevosita xo‘jalikda zarur bo’lgan matematik hisob-kitoblar bilan
shug'ullanganlar-u, biroq ilmiy bilimning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan
nazariya yaratish bilan hech qachon shug‘ullanmaganlar.
Shumerliklar kulolchilik sohasini, bronza, g‘ildirak, rangli shishani
kashf qildilar, yilning 365 kun 6 soat 15 daqiqa 41 soniya ekanligini
hisoblaganlar (ma’lumot uchun: hozirgi davrda bir yil 365 kun 5 soat 48
daqiqa 46 soniyadan iborat).
Shumer va boshqa qadimgi Mesopatamiya sivilizatsiyasidagi dunyoni
anglashning xususiyati yevropaliklardan tubdan farq qiluvchi tafakkur
uslubi bilan bog‘liq: ya’ni, unda olam ratsional asosda (oqilona)
o‘rganilmagan, muammolar nazariy hal qilinmagan, balki ko‘p hollarda
hodisalami izohlashda kishilar hayotidagi analogiyalardan foydalanilgan.
Fan tarixini o‘rganuvchilaming aksariyati dastlabki ilmiy bilimlarning
asosi mif (afsona) deb hisoblaydilar. Unda, turli predmet, hodisa va
voqealami mujassamlashtirish hollari uchraydi (Quyosh, oltin, suv, sut,
qon). Narsalarni bir-biri bilan mujassamlashtirish uchun esa ulaming
«muhim belgilar»ini aniqlash, shuningdek bu belgilar orqali turli
predmetlami solishtirishni o'rganish zarur bo'lib, u kelgusi bilimlaming
shaklianishida muhim rol o‘ynagan.
Xususiy ilmiy bilim va metodlaming shakllanishi Qadimgi
Yunonistonda ro‘y bergan madaniy to'ntarish bilan bog’lanadi. Bunday
madaniy to‘ntarishning sababi esa quyidagilarda namoyon bo’lgan.
Fan rivojlanishi mumkin bo‘lgan an’anaviy jamiyatdan, noan’anaviy
jamiyatga o’tish o’rganilar ekan, an’anaviy jamiyatda madaniyatning
shaxsiy va professional tarzda olib borilishi xos. Bu tipdagi jamiyat mehnat
qurollarini mukammallashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash yoki
hunaming ko‘payishi hisobiga rivojlanishi mumkin. Bunday holda
avloddan avlodga yetkaziladigan bilimlaming hajmi va sifati ixtisoslikka
tayanib ko‘payadi. Ammo bunday jarayonda fan paydo bo‘la olmaydi,
chunki u hech narsaga suyana olmaydi. Bundan tashqari, bunday jamiyatda
mahsulot sifatini yaxshilamasdan turli hunarmandlami qovushtirish ham
mumkin emas. Unda an’anaviy jamiyatning parchalanishiga ixtisoslik orqali
rivojlanish jarayonining tugashiga nima sabab bo‘ldi? Bunga sabab
qaroqchilar kemalari bo‘lgan. Qirg‘oq bo‘yida yashovchi aholi uchun doimo
dengiz tomonidan xavf bo‘lgan. Shuning uchun inson kulol, duradgor,
hunarmand bo‘lishi bilan birga, albatta harbiy ham bo'lishi kerak bo‘lgan.
Kemadagi qaroqchilarning o‘zi ham aslida kulol va duradgorlar bo'lgan.
Aynan, shu sabablarga ko‘ra, kasb-hunami muvofiqlashtirish zarurati
tug‘ilgan. O’zini himoya qilish va hujum qilish faqat birgalikda amalga
oshirilishi mumkin bo’lgan. Shu bois, professional differensiallashgan
an’anaviy jamiyatni halokatga uchratuvchi integratsiyaga zarurat tug‘ilgan.
Bu esa «so'z»ning va unga itoat qilishning rolini oshirgan (ba’zilar
masalani hal qilsa, boshqalari bajargan), natijada jamiyat hayotida qonun
(nomus)ning roli oshgan, hamma uning oldida barobar hisoblangan. Qonun
barcha uchun bilim sifatida ham namoyon bo’lgan. Qonunlami
tizimlashtirish, ulardagi ziddiyatlami bartaraf qilish mantiqqa
tayanadigan ratsional faoliyat natijasidir.

Ba’zi konsepsiyalarda qadimgi yunonlaming siyosiy-tabiiy, ijtimoiy
va boshqa omillar bilan bog'liq ijtimoiy psixologiyasining xususiyatlariga
e’tibor qaratiladi.
Miloddan awalgi V asrlarda yunon jamiyati hayotida kiborlar tizimi
qadriyatlarini tanqid qiluvchi tendensiyalar kuchaygan. Bu davrda
sotsiumda garchi ular faoliyati dastlab deyarli foydasiz bo’lsa-da,
individiumlarning ijodi rag‘batlantirilgan. Bahs qiluvchilaming kundalik
muammolariga hech qanday aloqasi bo‘lmagan muammolar bo‘yicha
ommaviy bahslarga hayrihoxlik qilingan. Bu esa ilmiy bilishning asosiy
mezonlaridan biri - tanqidiy tafakkur rivojlanishiga sharoit yaratgan.
Sharqda amaliy xo’jalik ehtiyojlariga kerak bo‘ladigan hisob texnikasi
shiddat bilan rivojlangan bir davrda, Yunonistonda
«isbotlovchi fan» shakllana boshlagan.

Download 28.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling