3-MAVZU. Feodal jamiyati va uning yemirilishi davridagi iqtisodiy qarashlar
1
- Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy g‘oyalar.Ibn Xaldun, Abu Hamid Al-G‘azzoliyning iqtisodiy fikrlari
2
- Islomdagi iqtisodiy g‘oyalar
3
- G‘arbiy Yevropadagi iqtisodiy g‘oyalar
4
REJA:
Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)
shohlik hokimiyati, odamlarning daromadlari»ni o‘rganish
Davlatning yashash davr va bosqichlarini keltiradi
Mehnat qilinmasa «bozor munosabati ham barham topadi».
Foma Akvinskiy (1225-1274)
qullik va krepostnoylikni oqlaydi
yirik savdo va sudxo‘rlikni ta’qiqlashni talab etadi
yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya qiluvchilar
Yermolay Yerazm
savdo hamda sudxo‘rlikka qarshi
yerni faqat davlatga hizmat qilayotgan (ya’ni dvoryan) odamlarga berish kerak
Al-G‘azzoliy (1058-1111 yillar), boshqa arab olimlari kabi jamiyatning falsafiy, etik, sotsiologik va iqtisodiy tomonlarini o‘z davrining ustuvor diniy e’tiqodlariga bog‘lagan asarlar yozgan. U o‘rta asrlar islom dunyosining eng yirik zakovat egalaridan biri hisoblanadi. Uning asarlari Avliyo Tomas Akinskiyga o‘z ta’sirini o‘tkazgaligi ma’lum. Uning bozorda ko‘ngilli almashuvlarga bergan ta’rifi o‘n birinchi asrda mehnat taqsimoti bilan bog‘liq munosabatlarni muvofiqlashtirishni amalga oshirishga imkoniyat bergan. (H. Landreth, D. C. Colander. History of economic thought. Houghton Mifflin Company, Boston Toronto.p.53)
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug‘ilgan, Fes sultonida xattot-kotib bo‘lgan). 1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo‘lgan. Asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370y.). U birinchilardan bo‘lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, g‘arb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta’sir ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |