1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni Reja


Download 56.45 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1565040
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1- мавзу МЕХНАТ ИКТИСОДИЁТИ


1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni
Reja:

    1. Mehnat to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlar tizimi

    2. Mehnat faoliyati tamoyilllari

Tayanch so’z va iboralar: mehnat faoliyati, mehnatni tashkil etish, mehnat nazariyalari, mehnat funksiyalari.



    1. Mehnat to‘g‘risida nazariy tasavvurlar tizimi.

Mehnat - bu inson va tabiat o'rtasida sodir bo‘ladigan jarayon, ya'ni insonning maqsadga muvofiq faoliyati, uning jarayonida tabiat o‘rtasidagi moddalar almashuvini boshqaradi va nazorat qiladi, tabiat o‘rtasida foydalanish uchun zarur xarajatlarini yaratadi. Fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi insoniyat tarixiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan nazariyalar bilan bog‘langandir. Ular insonning eng muhim, uni boshqa jonzotlardan farqlaydigan mohiyatiga — mehnat qilish qobiliyatiga, ya’ni ularni o‘z talab ehtiyojlariga moslashtira olishga taalluqlidir.
Iqtisodiy tafakkur qadim zamonlardan buyumlar qiymati yuzaga kelishi sirini tushunib etishga urinib kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Arastuning (Aristotel eramizdan oldingi 384—322 yillar) asarlarida tovarlar qiyoslana olishi muammosi tilga olingan edi. U ayirboshlash nisbatlari nima bilan belgilanadi, degan savolni o‘ziga o‘zi berib, unga bir xil mazmunda javob berolmasligini, lekin u shu xususida bir necha taxminlar borligini bildirgan.
Iqtisodiyotdagi eng mashhur nazariyalardan biri bu Adam Smitning nazariyalaridir.
Adam Smitning "Millatlar boyligi" nomli asarida asosiy e'tibor iqtisodiy osish konsepsiyasiga qaratilgan. Mehnat taqsimotini to‘gri shakllantirilib borilishi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir etishini va mehnat taqsimotining afzalliklari aks ettirilgan. Ya’ni agar koplab ishchilar murakkab mehnat jarayonida mahsulotni ishlab chiqarishda har biri belgilangan vazifalarni bajarish orqali mehnat munosabatlarini amalga oshirsalar, qanchalik mehnat samaradorligiga erishish mumkinligini yoritib o‘tgan. Smitning fikriga kora mehnat taqsimoti, shuningdek, har bir xodimni oziga eng mos keladigan ishga joylashuvi nazarda tutilgan.
A. Smitning tovarlar qiymati nazariyasida ikki xil nazariya mavjudligini korish mumkin, ya’ni qiymatning mehnat nazariyasi va ishlab chiqarish omillari nazariyasidir. A. Smitning boshqa fikr-mulohazalaridan, narx tarkib topadigan barcha daromadlar manbai mehnatdir, degan ma’no kelib chiqadi.
A. Smitdan keyin bu nazariyalar fan arboblari tomonidan shakllantirilib borildi.
Ingliz moliyachisi va siyosiy iqtisod klassik maktabining yirik namoyondasi David Rikardoning (1772—1823) ilmiy asarlari A. Smitning tovarlar qiymati tabiati togrisidagi nazariyasida mavjud bolgan ikki xillikni bartaraf etib, qiymatning mehnat nazariyasiga otilishni va mehnatni qiymatning yagona manbai deb topilishiga olib keldi. D. Rikardo mehnat togrisidagi iqtisodiy nazariya yonalishlaridan birining asoschisi hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» asarida bunday deb yozgan edi: «Tovarning qiymati yoki u ayirboshlanayotgan birorta boshqa tovarning miqdori uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga tolanadigan koproq yoki kamroq haqqa emas, balki shu mehnatning nisbiy miqdoriga bogliq boladi»
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) o‘zining asarlarida ishlab chiqarishning uch omili: mеhnat, kapital, yеr nazariyasining muallifi sifatida tan olingan. Shuningdek atoqli arboblardan D. Rikardo (1772—1823), F. Vizer (1851—1926), À. Marshal (1842—1924), Y.Shumpeter (1883—1950), J. M. Keyns (1883—1946), P. Samuelson (1915 yilda tugilgan) mehnat togrisidagi fanning rivojlanish yonalishiga asоsiy gоyalari bilan hissa qoshgan olimlardir.




    1. Download 56.45 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling