1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni Reja


Download 56.45 Kb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi56.45 Kb.
#1565040
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1- мавзу МЕХНАТ ИКТИСОДИЁТИ

Reja:
3.1. Mehnat bozorining qisqacha tavsifi
3.2. Mehnat bozorining turlari
3.3. Mehnat bozorining ishlash mexanizmi


Tayanch so’z va iboralar: mehnat bozorining, mehnat bozorining modeli, Tashqi va ichki mehnat bozorlari ,mehnat bozori konyukturasi.


3.1. Mehnat bozorining qisqacha tavsifi

Mеhnat bozori – bu, mеhnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish bеruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mеhnat kеlishuvlari) asosida “mеhnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bеvosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko`p aspеktli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. Shuningdek qisqacha qilib shuni aytish mumkinki mehnat bozori bu - ish beruvchilar va yollangan ishchi kuchi o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tizimdir.


A.I.Rofe ta'rifiga ko'ra: "Mehnat bozori-bu faoliyat ko‘rsatadigan bozor iqtisodiyoti tuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib, xomashyo, materiallar, iste'mol tovarlari, xizmatlar, uy-joy, qimmatli qog‘ozlar va boshqa bozorlar bilan bir qatorda faoliyat ko‘rsatadi. N.A.Volginning ta'rifiga ko'ra esa: "Mehnat bozori-ishchi kuchini yollash va undan foydalanish shartlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy mehnat munosabatlari"ga tushiniladi.
Xususiyatlarning birinchi guruhi mehnat bozori va bozor o‘rtasidagi farqlardir yakuniy mahsulotlar. Ishchi kuchiga talabning bog'liqligi mavjud yakuniy mahsulotga bo‘lgan talabdan (mahsulotga talab qanchalik katta bo‘lsa korxonalar, ishchi kuchiga talab ham katta bo‘ladi).


Mehnat bozori faoliyati xususiyatlarini 3 guruhga bo ‘lish mumkin:
Birinchi guruhida mehnat bozori va yakuniy mahsulotlar bozori o‘rtasidagi farqlardir. Ishchi kuchiga bo‘lgan talab bilan yakuniy mahsulotga bo‘lgan talabning bog‘liqligi mavjud (korxonada mahsulotga bo‘lgan talab qanchalik katta bo‘lsa, ishchi kuchiga bo‘lgan talab ham shunchalik katta bo‘ladi).
Ikkinchi guruh xususiyatlari tovar (ishchi kuchi)ning o‘ziga xos jihatlari bilan bo‘g‘liq bo‘lib, bular quyidagilrdir.
-ishchi kuchining egadori uning o‘zi hisoblanadi ;
-huquqiy majburiyatning mavjudligi;
-iqtisodiy zarar ko‘rish ehtimolining mavjudligi.
Uchinchi guruh xususiyatlari ishchi kuchining tovar sifatida almashtirishning jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi.

gghhhh



Tovar bozori-
ishchi kuchi

ishlab chiqarish maydoni

tovarlar-ishchi kuchi
aylanish sohasi

1-rasm. Ishchi kuchi almashinuvi jarayoni


Moslashuvchan bandlikni rivojlantirishda ijtimoiy haq to‘lanadigan ish, uyda ishlash, ma'lum muddatga shartnoma asosida ishlash, voyaga etmaganlarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi.


Mehnat bozorida quyidagi munosabatlar turlari mavjud:
- xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida;
- mehnat bozori subyektlari va ularning vakillari (kasaba uyushmasi, uyushmaish beruvchilar, bandlik xizmatlari);
- mehnat bozori subyektlari va davlat tomonidan.



Download 56.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling