1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni Reja
Mehnat iqtisodiyoti fanining vazifalari
Download 56.45 Kb.
|
1- мавзу МЕХНАТ ИКТИСОДИЁТИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat iqtisodiyoti fanining vazifalari quyidagilardan iborat
Mehnat iqtisodiyoti fanining vazifalari.
Mehnat jarayoni juda murakkab hodisa bo'lib, jismoniy va aqliy energiya talab qiladi. Mehnatning yana bir o‘ziga xos xususiyati uning og‘ir va engil mehnatga ajratilishidir. Mehnat bir necha tashkil etilgan elementlardan iborat: - mehnat predmetlari; - mehnat vositalari; - ishchi kuchi (mehnat resurslari, inson resurslari, xodimlar, kadrlar, mehnat salohiyati). Mehnat predmetlari keng ma'noda qazib olingan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi, ilmiy bilimlarni shakllanishi natijasida, mehnat vositalari va ishci kuchi ta’siri ostida qayta ishlanadi, pirovard natijasida mahsulot yaratiladi. Mehnatning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi har xil turlarini aniq belgilariga qarab tizimlashtirish kerak bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishining har bir darajasi o'ziga xos mehnat talablarini qo'yadi, xodimni muayyan shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Mehnat tarkibi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi: - turli sohalarda: moddiy ishlab chiqarish, xizmatlar ko'rsatish, fan, madaniyat va san'at, boshqa sohalar; -materialning ayrim tarmoqlari (masalan, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati va boshqalar) va nomoddiy ishlab chiqarish (ta'lim tizimidagi mehnat, ijtimoiy xizmat, san'at va boshqalar); -faoliyat turlari bo‘yicha ( tadbirkor, boshqaruv, mutaxassis, xizmatchi, o‘quvchi, ishchi); kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha (masalan, muhandis-texnolog, chilangar-yig‘uvchi, buxgalter). Mehnatning mazmuni uning ijtimoiy-iqtisodiy tomonini anglatadi, shuningdek mehnat jarayoninida ishchilarning mehnatga bo‘lgan munosabatlarini ifoda etadi. Mehnat iqtisodiyoti fanining vazifalari quyidagilardan iborat: -mеhnat nizolarining sabablarini o‘rganish, ularning oldini olish va hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; -jamiyatda va mеhnat tashkilotlarida xodimlarni himoya qiladigan ijtimoiy qadriyatlar tizimini yaratish; - mеhnat faoliyatini rag‘batlantirish, mеhnat xulqini yaxshilash va unga moslashish darajasini oshirish; - ijtimoiy mеhnat munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish; - korxona xodimlarining shakllanishi va rivojlanishini tahlil qilish va rеjalashtirish; - aholining turmush tarzi va daromadlarini mеhnat haqining turli shakllari bilan aloqadorligini bеlgilash; - aholi va mеhnat rеsurslarini takror ishlab chiqarish va ularning ish bilan bandligini va ishsizligini mеhnat bozorining faoliyati bilan bog‘liq holda tahlil etish; - mеhnatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini o‘rganish va mеhnat sohasida aniq sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish; - ish haqi tizimini va uni tashkil etish elеmеntlari va tamoyillarini tadqiq etish. - mеhnat unumdorligini oshirish omillari va zaxiralarini aniqlab, ularning holatini tahlil etish va rеjalashtirishdan iboratdir. Download 56.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling