1-mavzu: “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari ilmiy blimlarning metodologik asoslari Reja
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
ИЛМИЙ ТАҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ маъруза матни (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar va topshiriqlar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
- 4- Mavzu: Magistrlik dessertasiyasi tadqiqot turi tadqiqot turi sifatida. Ilmiy maqola tayyorlash tartibi Ryeja
10 Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и права им. И.М.Муминова АН РУз. - Т., 2006. - 7 с. Savollar va topshiriqlar: 1. Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.? 2. Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.? 3. To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlami keltirib chiqaradi? 4. Bilishning rivojlanish jarayonida obektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmui nima deb ataladi? 5. Predmetga va proseduraga doir muammoni, metodologik va baholashga doir muammoni aniq misollar bilan farqlab bering. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Shermuhammedova N. Falsafa va fan metodologiyasi. T., 2005 2. Tulenov J, Valiyeva S. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”. T., 2020 Shermuxammedova N. «Filosofiya i metodologiya nauki» T., 2003y 3. Saifnazarov I. Metodologiya nauchnogo tvorchestva. T., 2004y 4. Z.Davronov. Ilmiy ijod metologiyasi .T., 2006y 5.Saifnazarov I, Qosimov V, Nikitchenko G.“Fanning falsafiy masalalari”. T., 2006y 6.V.P.Koxanovskiy. Filosofiya i metodologiya nauki- Moskva, 1999 yil 4- Mavzu: Magistrlik dessertasiyasi tadqiqot turi tadqiqot turi sifatida. Ilmiy maqola tayyorlash tartibi Ryeja: 1. Magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar va uni tayyorlash bosqichlari. 2. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va uning tarkibiy qismlari qo‘yiladigan talablar. 3. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirish yuzasidan qo‘yiladigan talablar. Dissertatsiya sarlavhasi (nomlanashi) imkoni boricha qisqa, aniq va dissertatsiya mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Dissertatsiya sarlavhasining qisqa, lo‘nda ekanligi muammoning har tomonlama va chuqur tadqiq etilganligidan guvohlik beradi. Shu boisdan ham doktorlik dissertatsiyalarining sarlavhasi 2-3 so‘zdan iborat bo‘ladi. Magistrlik dissertatsiyalari xususiy muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, ishning mohiyatiniaks ettira oladigan aniq nom bilan atalishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zan dissertantlar o‘z ilmiy ishiga sarlavha qo‘yishda ishning butun mazmuniin yoritishga, unga o‘lkashunoslik, xronologik va boshqa aniqliklarni kiritishga harakat qiladilarki, buning aslo keragi yo‘q. Agar tadqiqotchi dissertatsiya sarlavhasini imkoni boricha konkretlashtirmoqchi va unda tadqiqotning muhim bir detalini aks ettirmoqchi bo‘lsa, u holda qisqa sarlavha ostidan qavs ichida kichik sarlavha qo‘yishi mumkin. Masalan “Fermerlik faoliyatining o‘sish rezervlari”(Farg‘ona viloyati misolida). Dissertatsiya nomi ostidagi kichik sarlavha imkoni boricha qisqa bo‘lishi va yangi sarlavhaga aylanib qolmasligi kerak. Sarlavha yomon talqin qilinsa, ko‘pqavatli so‘z qurilishi paydo bo‘lishi mumkin: sarlavha – kichik sarlavha – har ikki nom uchun izoh. (doktorlik dissertatsiyalari katalogini ko‘rish kerak!). Fikrimiz quruq bo‘lmasligi uchun quyidagi misolni keltirishimiz mumkin: “Kimyoviy kuyishlar. Ularning davolashda vena ichiga novokain kiritish (himoyaga asoslangan zavodlar sharoitida klinik eksperimental tadqiqotlar)”. Dissertatsiyaga sarlavha qo‘yishda unga qandaydir formulalar kiritish yaramaydi. Shuningdek, dissertatsiyani nomlashda “Ayrim masalalari”, “Ayrim masalalar tahlili” singari noaniq, mujmal iboralarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Dissertatsiyani nomlashda shunday holatlar uchraydiki, dissertatsiyalar “......... masalasiga doir” , “............ ga doir materiallar” , “............... tadqiqoti” , “.............ni o‘rganishga doir” singari sarlavha qo‘yish bilan o‘zlarini qiynamaslikka harakat qiladilar va bir xil andozadagi sarlavha bilan cheklanadilar. Ayrim mualliflar dissertatsiyaga qisqa va lo‘nda nom qo‘yish, lekin tadqiqotning o‘ziga xosligini ta’kidlash uchun “tadqiqot” , “metod” so‘zlariga qandaydir aniqlovchi so‘z kiritadilar. Masalan: “Elektrokimyoviy tadqiqotlar....”, “....... jadallashtirish metodi” va h.o. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling