Muammo va ilmiy tadqiqot uyg‘unligi. Muammo ilmiy tadqiqotning
dolzarbligiga tayanadi. 0’z navbatida muammo ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-
metodologik jihatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Ilmiy izlanishda muammo shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi
gipoteza asosida ifodalanadi va to oxirgi yechimga etib bormaguncha u haqda to‘liq
bilimga ega bo‘la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat
talabi bilan paydo bo‘ladi. Demak, ilmiy muammo sababsiz paydo bo‘lmaydi, ular
doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bo‘ladi hamda
ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi.
Umuman olganda, muammolami topish, qo‘yish va ulami yechish,
shuningdek, yangilarini shakllantirish ijodiy tafakkurning barcha shakllari ga
xarakterlidir. Ijodiy tafakkurning mazkur xususiyatlari ilmiy, badiiy mehnat bilan
birga, ilmiy-texnik mehnat va b.larga ham taalluqlidir. Muammo fandagi o‘z-
o‘zidan rivojlanishning borishi va texnologiyalami takomillashtirish ehtiyojlari
hamda ijtimoiytaraqqiyotning ta’sirida bo‘lib turadigan san’at evolyusiyasi
tomonidan keltirib chiqarilishi mumkin
8
.
J.A.Romanenko «Ilmiy muammo tushunchasini talqin qilishda konseptual
inqiroz yuzaga kelgan. Bu hozirda mazkur masala yuzasidan ketayotgan
munozaralarda o‘z aksini topmoqda»
9
. Shuning uchun ham bugungi ilmiy izlanish
jarayonida muammoni to‘g‘ri qo‘yish va unga mos tadqiqot maqsadini aniqlash
muhim bosqich hisoblanadi. Muammo qo‘yilishida mavjud bilimlar asosida
maqsadga erisha olmaslik haqidagi bilimga ega bo‘lib, unga ilgarigi bilimlar asosida
tubdan yangicha yondashish, ya’ni yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog‘liq
ishchi farazni to‘g‘ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi
bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.
Muammo qo‘yilishida quyidagi bosqichlarga e’tibor berish lozim: a)
muammoni izlash; b) xususiy muammoni qo‘yish (muammo yechimiga erishish
uchun maqsadlar ketma-ketligini ifodalash); v) muammoning yechimini topish.
Ma’lumki, falsafaning tarmoqlari ko‘p va tabiiyki, ularga mos muammolar
ham yetarli. Ilmiy izlanishlarda muammoni izlash va tanlashda qicyidagilarga e
Do'stlaringiz bilan baham: |