Reja. Bolalarda jismoniy qobilyatlarni rivojlantirish


Download 11.5 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi11.5 Kb.
#1321102
Bog'liq
Ota onalar yigilishi


07.12.2021 Qatnashdi: 22 ta
Qatnashmadi: 8 ta
Ota-onalar yig'ilish dasturi.
Yig'ilish o'tkazishdan maqsad : Bolalar rivojlanishiga baho berish.
Reja.
1.Bolalarda jismoniy qobilyatlarni rivojlantirish.
2.Bolalarda ruhiy tushkunlikni yuzaga keltirmaslik.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdi. Hurmatli ota-onalar birinchi masala yuzasidan kelib chiqqan holda shuni aytmoqchiman.
Yangi 2021-2022 oq`uv yilining birinchi yarim yilligida bolalarimizning sentyabr oyiga nisbatan rivojlanish ko`rsatkichlari yuqori darajada o`sgan.Bolalar bilan markazlarda ishlashda qiyinchiliklar nisbatan kamroq.Bolalar o`z xoxish-istaklarini bemalol dadil namoyish etmoqdalar.Bunda sizlarning e`tiboringiz xam yetarli darajada.Xammangizga juda yaxshi ma`lumki biz yangi “Ilk qadam” dasturi asosida beshta faollik markazlarida ishlayapmiz.Bu yangi dastur bolalarning yanada ko`proq o`yinli ta`limda o`zlarining “Men”nini rivojlantirmoqda bolalar asosan o`yin bilan mashg`ulotlarni o`tkazmoqdalar.Bu dastur asosida biz bolajonlar bilan juda ko`p ochiq mashg`ulotlar xam olib bordik.Buning uchun sizlarga xam katta raxmat aytaman bolalarga berilgan qaxramon kiyimlarini,niqoblarini va she`rlarini yodlatib bormoqdasizlar.Mana endi bolalaringizning rivojlanish xaritalarini ko`rib chiqishingiz mumkin.
Mana bu belgilar bolalarga qo`yiladigan davlat talablari standartlariga mos ravishda bolangiz talablarni bajarganliklari.Bajara olmagan bolalar kuzatuvning keying bosqichida kuzatilib yana belgilanadilar.
Kun tartibidagi 1-masala bo`yicha sinf rahbari fikrlarini so'zlaydi:
1.Bolalarda jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning fikrlarini e`tiborga olish.
Sog’lom bolani tarbiyalashda eng muhim vositalardan biri jismoniy mashqlar, harakatli o’yinlar va sport ko’ngilochar o’yinlari sanaladi. Bolalar bilan jismoniy mashqlarni bajarganda ularning salomatligini kuzatib borish, tashqi ko’rinishiga, kayfiyatiga, charchashi, ishtahasi, uyqusiga e’tibor berish juda muhim. Har bir hatto mutlaqo sog’lom bola ham yilda 2-3 marta tibbiy ko’rikdan o’tkazilgani ma’qul. Boladagi jismoniy sifatlar, harakat ko’nikma va malakalari rivojining zarur hamda etarli darajasini ta’minlovchi jismoniy imkoniyatlarning tabiiylikka muvofiq va individual mos tarzda rivojlantirilishi, maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy umumiy tarbiyaga oid ma’lumotlarni berish, bunda ularning jismoniy tarbiyasiga oid aqliy, texnologik, axloqiy, etik va estetik qadriyatlarni o’zlashtirishiga erishish, bilimlarning mustaqil mashg’ulotlar o’tkazishning boshlang’ich ko’nikmalari darajasida dolzarblashuvi.
Kun tartibidagi birinchi masala bo`yicha yi`g`ilish qaror qiladi:
Xulosa. Bolalarga sog'lom turmush muhitini yaratish va ularning jismoniy va aqliy rivojlanishlarini kuzatib borish.
2. Bolalarda ruhiy tushkunlikni yuzaga keltirmaslik.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan sinf rahbari so`zga chiqdilar.Bolalar bilan avvalo muloqot qilganda ulardek fikrlashni o`rganish kerak ularning fikrlarini tinglay ola bilish kerak.Hozirgi zamon bolalari yangi texnalogiyalar asrida yashamoqda shuning uchun bolalar bilan faoliyat olib borganda mashg`ulotlarda AKT lardan ko`proq foydalanish kerak.Bolalar sizning aksingiz siz uyda qanday muhitni tashkil etsangiz bolalar shu muhitda rivojlanishadi.Iloji boricha bolalarning fikrlarini e`tiborga oling.Albatta vaqtlarini unumli o`tkazing.Keling endi sizlar bilan bolangizni qay darajada yaxshi bilishingizni sinab ko`ramiz.
Psixologik test.
1)Siz shovqin va atrofingizdagi shovqinni yaxshi ko'rasizmi?
2)Sizni qo'llab-quvvatlaydigan va tasalli beradigan do'stlaringiz kerakmi?
3)Agar siz klassda bo'lmasa, biror narsa haqida so'rasangiz, har doim tez javob topasizmi?
4)Siz ba'zan g'azablanib, asabiylashasiz, jahli chiqadimi?
5)Siz tez-tez kayfiyatingizni o'zgartirasizmi?
6)Siz boshqa yigitlarga javob berishdan ko'ra ko'proq bo'lishni yaxshi ko'rasizmi?
7)Ba'zan ba'zida siz turli xil fikrlarga duch kelishga xalaqit berasizmi?
8)Siz har doim ular aytganidek bajarasizmi?
9)Sizni kimnidir urishni yaxshi ko'rasizmi?
10)Hech qachon baxtsiz his qildingizmi, garchi buning uchun haqiqiy sabab yo'q bo'lsa ham?
11)Siz baxtsiz odamsiz?
12)Hech qachon maktabdagi xulq-atvor qoidalarini buzganmisiz?
13)Sizni bezovta qilyaptimi?
14)Sizga hamma narsani tezda qilish kerak bo'lgan ish sizga yoqadimi?
15)Deyarli sodir bo'lgan turli xil voqealar tufayli tashvishlanyapsizmi, hamma narsa yaxshi yakunlanganmi?
16)Siz biron bir sirga ishonasizmi?
17)Zerikkan do'stlaringizni xursand qila olasizmi?
18)Ba'zan ba'zida sizda hech qanday sababsiz yomon yurak bor?
19)Biror kishi bilan do'stlashish uchun birinchi qadamni yaratasizmi?
20)Siz biron bir noto'g'ri gapirganmisiz?
21)Agar odamlar siz qilgan ishingizda kamchiliklarni topsa, haqiqatan ham xafa bo'lasizmi?
22)Do'stlaringiz bilan kulgili hikoyalar, hazil qilishni yaxshi ko'rasizmi?
23)Siz tez-tez biron bir sababsiz charchayapsizmi?
24)Siz har doim avval darslarni bajarasiz, keyin o'ynaysizmi?
25)Siz odatda barchangizdan quvnoq va qoniqasizmi?
Quyida 25 tadan iborat psixalogik test berilgan siz unga «ha» yoki «yo'q» javobini berishingiz lozim.Mana barchangizning test natijalaringizni olib bolalarning javoblari bilan tekshirib sizlarga javoblaringizni aytamiz.
Bolalar o`zlarining sirli olamlari borligiga ishonishadi shuning uchun ularning sirli olamlarida o`zlari yaxshi ko`rgan qaxramon bo`lishlariga to`sqinlik qila ko`rmang.
Oilaviy muammolarni bolalarsiz o`zingiz xal qiling.
Kun tartibidagi ikkinchi masala bo`yicha yi`g`ilish qaror qiladi:
Xulosa.Bolalarda ruhiy tushkunlikni oldini olish uchun doimo ota-onalar nazoratda bo'lishlari. Farzandlarini qo'shimcha to'garak , sport mashg'ulotlariga jalb qilib vaqtlarini unumli o'tkazishlarini ta'minlash.
Bugungi yig'lishimizning mazmuni shundan iborat edi. Yig'lishda qatnashganlar uchun minatdorchilik bildiraman. E'tiboringiz uchun rahmat.
Download 11.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling