3-mavzu: markaziy osiyoda qadimgi davr va o‘rta asrlarda jismoniy tarbiya


Download 304.51 Kb.
bet1/11
Sana09.04.2023
Hajmi304.51 Kb.
#1347357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-MAVZU


3-MAVZU: MARKAZIY OSIYODA QADIMGI DAVR VA O‘RTA ASRLARDA JISMONIY TARBIYA
REJA:
1.Qadimgi davrda Markaziy Osiyo xalqlarining jismoniy tarbiyasiga oid tarixiy manbalar.
2. Markaziy Osiyo xalqlarining jismoniy mashqlari va milliy o‘yinlarining umumiy tavsifi.
3.Sharqning buyuk allomalarining jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlari.
4. Amir Temurning harbiy-jismoniy tayyorgarlik ta’limoti.
Qadimgi ajdodlarimizning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyatini o’rganishda uch asosiy manbaaga tayanish mumkin:
arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ashyoviy dalillar,
xalq og’zaki ijodi - qadimgi afsonalar, rivoyatlar, xalq ertaklaridan olingan ma’lumotlar,
buyuk mutafakkirlar, allomalarning ijodiy merosi, qo’lyozmalari,qadimgi yozma manbaalar, tarixiy kitoblar.

  • Ilmiy tadqiqotlarning guvoh berishicha, Teshiktosh (Surxondaryo), Afrosiyob (Samarqand), Xo’jakent, Obirahmat (Toshkent viloyati), Farg’ona vodiysida So’x daryosi bo’yidagi makonlar va boshqa joylarda topilgan yodgorliklar, turli ashyoviy dalillar o'rganilgan. Tadqiqotlarning natijalariga qaraganda yuqorida nomlari qayd qilingan hududlarda odamlar turli qurollardan hayvonlarni ov qilish uchun foydalanishgan. Jismoniy chiniqish va o’ljani qo'lga kiritish uchun turli murakkab harakatlarni bajarishga to’g’ri kelgan. Bolalarni ham bunday faoliyatlarga tayyorlaganlar. Natijada, jismoniy tarbiyasining ayrim namunalari (sakrash, yugurish, kurashish, uloqtirish, suzish va h.k) yuzaga kelgan.

Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan keyingi 12ming yillikka qadar davom etadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq, o’zgarib turuvchi bo’lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo’lgan. Hayvonlarni ovlashga ixtisoslashuv o’sha davr odamlarining yashash manbaalariga aylangan.

  • Yuqori paleolit davri miloddan oldingi 40 ming yillikdan keyingi 12ming yillikka qadar davom etadi. Bu davrda Markaziy Osiyoda iqlim quruq, o’zgarib turuvchi bo’lgan. Sovuq iqlim sharoitida yashagan hayvonlar-serjun karkidonlar, yovvoyi otlar, kiyiklar va boshqalar paydo bo’lgan. Hayvonlarni ovlashga ixtisoslashuv o’sha davr odamlarining yashash manbaalariga aylangan.
  • Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshonning quyi oqimidagi qator ko’llarda baliq ovi bilan shug'ullanish, ularning o’troq holda yashashiga sabab bo’lgan. Markaziy Osiyoning nihoyatda boy ovchi va baliqchi jamoalari yodgorliklari ichida Markaziy Farg’onaning neolit yodgorliklari - Zambar, Taynoq, Yangiqadam, Madiyor, Sariqsuv, Ming buloq kabilar ajralib turadi. Ibtidoiy podadan yuqori paleolitga o'tilishi bilan ishilab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasida o'zgarishlar paydo bo’lgan. Bu davrga kelib, mehnat qurollari ancha takomillashgan, suyak va shoxdan yasalgan buyumlar; igna, bigiz, qarmoq, kamon o’qi va har xil bezaklar yasagan, tosh va suyaklarni parmalaganlar. Toshlarga, sopol idishlarga odamlar, hayvonlarni rasmini chizganlar.

  • Download 304.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling