So’nggi paleolit davrining yutuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi bo'lgan. Nayza tufayli ovchilik rivojlangan, tirik hayvonlarni birgalashib ovlash keng tarqalgan. Nayzani ushlash, uni mo’ljalga olib, uzoqqa uloqtirish kabi mashqlar, hayvonlarni ovlash, ularni quvib yetish yetarli darajada chaqqonlik va chidamlilikni talab etadi. Bu natijalarga erishish uchun maxsus tayyorgarliklar, ularni o’rgatuvchilar, tarbiyachilar bo’lgan. Shu sababdan, oilalarda bolalarni maxsus tayyorgarlik va jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari olib borilgan. Oilada bolalarni tarbiyalashda tabiiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda suzish va h.k.) va turli harakatli o’yinlar eng asosiy vositalardan biri bo’lib xizmat qilgan. - So’nggi paleolit davrining yutuqlaridan biri - nayzaning ixtiro qilinishi bo'lgan. Nayza tufayli ovchilik rivojlangan, tirik hayvonlarni birgalashib ovlash keng tarqalgan. Nayzani ushlash, uni mo’ljalga olib, uzoqqa uloqtirish kabi mashqlar, hayvonlarni ovlash, ularni quvib yetish yetarli darajada chaqqonlik va chidamlilikni talab etadi. Bu natijalarga erishish uchun maxsus tayyorgarliklar, ularni o’rgatuvchilar, tarbiyachilar bo’lgan. Shu sababdan, oilalarda bolalarni maxsus tayyorgarlik va jismoniy jihatdan tarbiyalash ishlari olib borilgan. Oilada bolalarni tarbiyalashda tabiiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, suvda suzish va h.k.) va turli harakatli o’yinlar eng asosiy vositalardan biri bo’lib xizmat qilgan.
- Bolalarning yoshi, jismoniy rivojlanish holatlarini hisobga olgan holda, ularni guruhlarga ajratib, o’yinlar va jismoniy mashqlarga o’rgatish vujudga kelgan. Kichik yoshdagi bolalarga turli harakatli o’yinlarni o’rgatish boshlangan. O’rta yoshdagi bolalarga chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan o’yinlar, to’siqli yugurishlar qo’llanilgan. Katta yoshdagi bolalarga esa tez yugurish, kuch sinashish, kurash, mushtlashish, tosh ko’tarish, daraxtlarga tirmashib chiqish, suvda tez suzish, nayza sanchish kabi murakkab o’yinlar, mashqlar o’rgatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |