3-mavzu: markaziy osiyoda qadimgi davr va o‘rta asrlarda jismoniy tarbiya
Download 304.51 Kb.
|
3-MAVZU
Xitoy tarixchisi Syuan Tzyan esa Samarqand aholisining ahloqiy va hulq-odob qoidalariga rioya etishda boshqalarga o’rnak bo’lganligini aytib o’tgan. Bu ma'lumotlar qadimda bolalar o’qitiladigan savod maktablari bo’lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarga va hunarga o’rgatilganligi, ta’limdan maqsad – bolalarni hayotga tayyorlash ekanligi haqida ma’lumot bergan.
Eng qadimgi yozma manbalardan biri zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” hisoblanadi. Zardushtiylik ta'limotida ta’lim-tarbiya quyidagi bo’limlarga bo’linadi. ma'naviy va diniy tarbiya; jismoniy va mehnat tarbiyasi; aqliy va axloqiy tarbiyadan iborat bo’lgan. Kushonlar davri Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Pokiston va Hindiston xalqlari tarixida va butun dunyo madaniyatining taraqqiyotida alohida o’rin egallagan. Markaziy Osiyodan qadimgi Ipak yo’li o’tganligi bu yerdagi xalqlarning madaniy hayotida katta burulishlarga sabab bo’lgan, Sharq mamlakatlar bilan g'arb davlatlari o'rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni o’rnatgan. Termiz yaqinidagi Ayritom, Xorazmdagi Tuproq qal’a va boshqa joylardan topilgan buyumlar, suyak, tosh, sopolga chizilgan rasmlarda qadimgi kurash, nayza uloqtirish, qilichbozlik, otda jang qilish kabi tadbirlar aks ettirilgan.
Download 304.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling