Arxeologiya turizimi


Download 6.64 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi6.64 Kb.
#1840292
Bog'liq
Surxondaryo arxeologik yodgorliklari

ARXEOLOGIYA TURIZIMI

Surxondaryo arxeologik yodgorliklari


Surxondaryo – O‘zbekistonning eng janubiy mintaqasi, yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida dunyoning ko‘plab arxeologlari va sayyohlarini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Va bu tasodif emas. Yaqinda o‘zining 2700 yilligini nishonlagan ko‘hna Termiz shahri qadimiy tarixiy obidalar, jumladan, Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa, Qoratepa va Ayritom shaharlari bilan o‘ralgan.

Fayoztepa buddaviylar ibodatxonasi


Miloddan avvalgi I asrdan milodiy III asrgacha bo‘lgan davrga oid Fayoztepa yodgorligi ibodatxonalar majmuasi bo‘lib, Eski Termiz hududida, Amudaryo sohillari va qadimgi karvon yoʻli oraligʻida joylashgan. Bir vaqtlar bu yerda uchta katta bino bor edi: ma’bad, ibodatxona va yordamchi xonalari bo‘lgan hovli. Majmua bugungi kungacha o‘zining ulug‘vorligi va g‘ayrioddiy shakli bilan hayratda qoldiradi.

Kampirtepa qal’asi


Kampirtepa – Termiz shahridan 30 km uzoqlikda, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan qadimiy shahar. 2018-yilda arxeologlar Iskandar Zulqarnaynning qarorgohi bir paytlar shu yerda – Oks (Amudaryoning boshqa nomi) bo‘yidagi qadimiy Iskandariyada joylashganligini isbotladilar. Arxeologik qazishmalar davomida buyuk sarkarda bu yerga kelgan davrga oid madaniy qatlamlar o‘rganilib, qimmatbaho buyumlar topildi.

Dalvarzintepa - Kushon podshohlarining qarorgohi


Kushon imperiyasi davridagi (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklar orasida Termizdan 60 km uzoqlikda, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimgi Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi. Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan

Qoratepa


Qoratepa – budda g‘or ibodatxonalar majmuasi (mil. 1-3-asarlar). Eski Termizning shim.-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926-28 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937 yilda M.Ye.Masson va Ye.G.Pchelina tekshirgan.
1960-y.larda arxeolog B.Ya. Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda.

Ayritom


Amudaryo bo‘yida Termizdan 18 kilometr uzoqlikda joylashgan Ayritom tarixiy qalʼasi turli qadimiy sivilizatsiya yodgorliklaridan iborat bo‘lib, uning maydoni 90 gektarni tashkil etadi. Ayritom majmuasi 1933 yilda eski Termiz hududida birinchi qazish ishlari olib borilgan paytda ochilgan edi.

Qirq-qiz qal’si


Eski Termizdan 3 kilometr g‘arbda qadimiy qalʼa joylashgan. Arxeologlar qalʼa qurilishining taxminiy sanasini belgilab berishgan: 9-10 asrlar, ammo XIV asrga qadar qasr bir necha bor qayta qurilgan. XX asr boshlarida boshlangan qazishmalar va tadqiqotlar davomida bu yerda ko‘plab osori-atiqalar topildi: uy anjomlari parchalari, tangalar, gipsli haykallar va boshqalar.

Xolchayon


XOLCHAYON — YunonBaqtriya va kushonlar davri madaniyatiga oid yodgorliklar majmuasi (mil. Av. 4 — mil.5-a.). Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida joylashgan. Bir necha tepalik (Xonaqohtepa, Qorabogʻtepa, Maslahattepa va b.)dan iborat. Sanʼatshunoslik intining G. A. Pugachenkova rahbarligidagi arxeologiyasanʼat ekspeditsiyasi oʻrgangan (1959—63).

Jarqo‘rg‘on minorasi


Minora Qumqo‘rg‘on va Termiz oralig‘idagi Minor qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, Sulton Sanjarning buyrug‘i bilan 1109-yilda qurilgan. Hozirda uning balandligi yigirma metrdan oshadi, lekin qurilish vaqtida qirq uch metrga yetgan. Minoraga qarab,uning bezaklaridan ko’zingizni uzolmaysiz. G‘ishtlarning mahorat bilan archa naqshida terilganligi to‘qilganlik effektini yaratadi. Minoraning ostida turganingizda, terilgan g‘ishtlar g‘isht emas, balki mato kabi ko‘rinadi. Minora bir-biriga tutashgan o‘n olti yarim ustundan iborat.

Iskandar ko‘prigi


Ushbu qadimiy ko‘prik XVI asrda qurilgan bo‘lib, Hisor tog‘larining janubiy hududlarini Ko‘hna Termiz bilan bog‘lagan qadimiy savdo yo‘li o‘rnida joylashgan. Ko‘prik hozirgi Qumqo‘rg‘on tumanidagi M41 avtomagistrali yaqinida joylashgan. Mahalliy aholi uni Gʻisht ko‘prik yoki Iskandar Zulqarnayn koʻprigi deb ataydi. Mahalliy afsonada aytilishicha, bu joyni Aleksandr Makedonskiy o‘z qo‘shini bilan kesib o‘tgan. Dastlab, ko‘prik suv o‘tkazgich vazifasini bajargan va uning ostidan kengligi 20 metr va chuqurligi 10 metr bo’lgan oqim o’tgan.

Teshiktosh gʻori


Teshiktosh g‘ori Boysuntov tog‘larida joylashgan bo‘lib, Musteriya madaniyati o‘rni ekanligi va u erdan topilgan neandertal qizning qabri bilan mashhurdir. Dafn qilingan joy atrofiga tog‘ echkisining shoxlari o‘rnatilgan bo‘lib, tevaragiga qizil bo‘yoq bilan aylana chizilgan.Shuningdek, g‘ordan 3000 ga yaqin ro‘zg‘or buyimlari va mehnat qurollari topilgan. G‘orning o‘zi dengiz sathidan 1550 metr balandlikda joylashgan. Tog‘ cho‘qqisiga chiqqach, Qarshi dashti va Derbent qishlog‘iga olib boradigan katta yo‘lni ko‘rasiz.

E’tiboringiz uchun raxmat


Download 6.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling