1-mavzu: innovatsion menejmentning tushunchalari, maqsadlari va vazifalari. Reja
Innovatsion menejmentdagi tizimli yondashish
Download 208.85 Kb.
|
1-mavzu
1.2. Innovatsion menejmentdagi tizimli yondashish.
Innovatsion menejmentda batafsil tahlil va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish tizimli yondashishda to‘liqroq ochiladi. Tizimli tahlilning markaziy tushunchasi tizimdan, ya’ni bir birlari va atrof muhit bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning murakkab ichki qurilishi, katta soniga ega ob’ektdan iborat. Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy dalil bo‘ladi. tashqi muhit bilan yaqin o‘zaro hamkorlikda bo‘la turib, u tashqi muhit tomonidan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri va ham vositali ko‘p sonli ta’sirlarga duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlar ham muhit omilariga o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Tashkilot tizim sifatida tizimning o‘zi va uning tashqi va ichki muhiti elementlari tomonidan harakatlanuvchi kuchlar, o‘zaro hamkorliklar, o‘zaro ta’sirlar va o‘zaro kirib borishlarning murakkab ansamblidan iboratdir. Tizim va uning tashqi muhiti chizmali ravishda 1-rasmda ko‘rsatilgan. Tashqi muhit tashkilotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali ta’sir ko‘rsatadi. Davlat va qonunchilik idoralari, institutlar, kasaba uyushmalar, ilmiy va innovatsion tashkilotlar, ishlab chiqarish omillari bozorlari, sarmoyadorlar, raqiblar, etkazib beruvchilar, ist’emolchilar, kasbiy vositachilar va h.k. to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish muhitining muhim elementlari bo‘ladilar. Xalqaro sotsial-madaniy va iqtisodiy muhit, siyosiy, ekologik omillar, fan va texnikaning holati, hamda jamiyatni qadriyatli yo‘naltirilishi va uning innovatsion g‘oyalarga moyilligi vositali ta’sir ko‘rsatish muhitining tarkibiy qismlari bo‘ladilar Qonunlar va davlat idoralari Ташкилот
etkazib beruvchilar. Raqiblar. institutlar. Iste’molchilar Vositali ta’sir ko‘rsatish muhiti. To‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish muhiti: Xalqaro hodisalar Ilmiy-texnik omillar Siyosiy omillar Sotsial omillar Iqtisodiyotning holati Download 208.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling