1-mavzu insonga e’tibor va sifatli ta’lim – yangi o‘zbеkistonda ustuvor yo‘nalish davlatimiz rahbari Oliy Majlis va
Maktab ta’limi xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh
Download 490.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi yo‘nalish
Maktab ta’limi xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh
qilinadi. 2023-yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning soni mingtaga yetkaziladi. Hozirda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 70 foizni tashkil etmoqda. Kelgusi besh yilda ushbu qamrovni 80 foizga yetkazish, buning uchun 600 ming yangi bog‘cha o‘rni barpo etish rejalashtirilmoqda. Prezidentimiz so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalari 2,5 barobar ko‘payib, 198 taga yetgani, qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshganini qayd etdilar. Bu ko‘rsatkichlarni yanada ko‘paytirish ko‘zda tutilayotganini, lekin ta’lim sifatini oshirishga har bir oliygoh o‘zi harakat qilishi lozimligini ta’kidladilar. Salomatlik – tuman boylik. Yangi yilda bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Toshkent shahrida davlat tibbiy sug‘urtasiga o‘tish jarayoni boshlanib, keyinroq bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi. Kelgusi ikki yil davomida oilaviy poliklinikalar va shifokor punktlariga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib beriladi, ekspress laboratoriyalar to‘liq yangilanadi. Ushbu yo‘nalishdan xalqimizning sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan yana bir qator tashkiliy chora- tadbirlar o‘rin olgan. Mahalla institutining tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik , ma’rifat va tarbiya qo‘rg‘oni sifatidagi nufuzini oshirish borasida ham muhim yangiliklar amalga oshiriladi. Jumladan, «Mahalla budjeti» tizimi joriy etiladi. Natijada har bir mahalla o‘zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo‘ladi, boshqa ijtimoiy muammolarini mustaqil ravishda hal eta oladi. Uchinchi yo‘nalish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati ekanligi belgilandi. Ushbu yo‘nalishning ayrim jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish prokurordan sudga o‘tkaziladi. Tergovning faoliyati shaxsni ayblashga emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlashga yo‘naltiriladi. Yurtboshimiz bu boradagi yana qator dol- https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi z arb vazifalarni belgilab berar ekanlar: «Hech kimning unutishga haqqi yo‘q – qonun talablari va inson huquqlari – biz uchun oliy qadriyat», – dedilar. Download 490.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling