Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Download 14.08 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi14.08 Kb.
#1012868
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi-fayllar.org


Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 JIZZAX VILOYATI KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI

JIZZAX VILOYATI BAXMAL IQTISODIYOT VA TURIZM TEXNIKUMI

5.32.06.01–“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” TA’LIM YO‘NALISHI BITIRUV - MALAKAVIY ISHI Mavzu:Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish Tayyorladi: Ochilova Dilnoza Orziqulovna

Kirish


  • Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzabriligi. Mamlakatimizni 2017- 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. 2006 yilda mamlakatda xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida iqtisodiy o‘sishga erishildi. Chunonchi, yaratilgan YAIM hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7,3 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 10,8 foizga, qishloq xo‘jaligining 6,2 foizga, investitsiyalarning 11,4 foizga, qurilish-pudrat ishlarining 12,8 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlarning 19,5 foizga o‘sgani iqtisodiy rivojlanishning asosiy omillari bo‘lib xizmat qildi.

Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


  • Qurilish tashkilotlari iqtisodiyotning «Qurilish» deb atalgan tarmog‘i quyi bo‘g‘inini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klasssifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:

  •  60000 -Qurilish;

  •  61000 -Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar;

  •  62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni kapital ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar;

  •  63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

  •  65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;

  •  66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;

  •  69000 - Qurilish xo‘jalik boshqarmalari Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin. Mulkiy shakli va yuridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mac’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari bo‘lishi mumkin.

Download 14.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling