Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob kitoblarning hisobi


Download 14.08 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi14.08 Kb.
#1012868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi-fayllar.org

Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob kitoblarning hisobi.


  • Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishlarini bajarish ularda turli ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislar jamosini shakllantirishni, shuningdek mos ravishda ular mehnati hamda mehnatiga haq to‘lash tizimlarini tashkil qilishni taqozo etadi. Qurilish tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo‘linadi: (1) asosiy xodimlar; (2) asosiy bo‘lmagan xodimlar. Asosiy xodimlar deganda qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalar yasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi.

Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish harajatlari hisobi va qurilish ishlarini tannarxini kalkulatsiya qilish.


  • Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish ishlari ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga sarflangan harajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi. Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan harajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqish va sotish harajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida nizom»ga muvofiq bo‘lishi lozim. Ushbu nizomga ko‘ra qurilish ishlari tannarxiga kiradigan asosiy ishlab chiqarish harajatlari bevosita va bilvosita (ustama) harajatlarga bo‘linadi. Ushbu turdagi harajatlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra beshta guruhga ajratiladi va ularning tarkibiga quyidagi harajat moddalari kiritiladi.

  • Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish deganda qurilish ishlarining olib borilishida bevosita va bilvosita ishtirok etadigan yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish bo‘linmalarining faoliyati tushuniladi.

Download 14.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling