Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Buxgalteriya balansi (1-shakl)


Download 14.08 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi14.08 Kb.
#1012868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi-fayllar.org

Buxgalteriya balansi (1-shakl)


  • Asosiy vositalar (012-satr)da qurilish tashkilotlari balansida bo‘lgan asosiy vositalarning qoldiq qiymati aks ettiriladi. Ushbu satrda, chunonchi quyidagilar ko‘rsatiladi: - asosiy vositalarning mos ravishda boshlang‘ich qiymatini hamda jamlangan eskirishini aks ettiruvchi schyotlar (0110-0199 va 0210-0290)ning davr oxiridagi qoldiqlari summalarining farqi; - belgilangan tartibga ko‘ra asosiy vositalar tarkibiga kiritilgan uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning, chunonchi lizing bo‘yicha sotib olinadigan qurilish mashinalari va uskunalarining qoldiq qiymati (mos ravishda 0310 va 0299 schyotlar qoldiqlari o‘rtasidagi farq summasi); - titulli vaqtinchalik bino va inshoatlarning qoldiq qiymati.

Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl)


  • Ushbu hisobotning asosiy maqsadi bo‘lib qurilish tashkilotlarining hisobot davrlaridagi daromadlari, harajatlari, foyda va zararlari to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlarni aks ettirish hisoblanadi. Chunonchi, bunday ma’lumotlar hisobotda mos ravishda o‘tgan yilning va hisobot yilning mos davrlari uchun ko‘rsatiladi. Bu tartib mos hisobot davrlardagi o‘zgarishlar tendensiyalarini o‘rganish uchun muhim axborot manbai hisoblanadi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotni tuzishga asos bo‘lib qurilish tashkilotlarining barcha daromadlari va harajatlari, foyda, uni ishlatilishi hisobi uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik (tranzit) schyotlarning ma’lumotlari hisoblanadi. Hisobotning alohida satrlari quyidagi tartibda shakllantiriladi.

Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot (3-shakl)


  • Bu hisobotning asosiy maqsadi – qurilish tashkiloti asosiy vositalari, shuningdek ular eskirishining holati va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni berish. Hisobot 12 ta ustunchadan iborot, uning 1 va 2- ustunchalarida asosiy vositalarni guruhlarining nomi va satr raqamlari ko‘rsatiladi. 3, 4, 5, 6- ustunchalarida asosiy vositalarning davr boshidagi qoldig‘i, hisobot davridagi kirimi va chiqimi, davr oxiridagi qoldig‘ining summalari boshlang‘ich qiymat bo‘yicha ko‘rsatiladi. Hisobotning 7, 8, 9, 1-satrlari asosiy vositalar bo‘yicha jamlangan eskirishning davr boshidagi qoldig‘i, uning hisobot davridagi ko‘payishi va kamayishi, davr oxiridagi qoldig‘i summalarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Hisobotning 11 va 12-satrlarida mos ravishda yil boshiga va yil oxiriga asosiy vositalarning qoldiq qiymat ko‘rsatiladi.

Download 14.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling