Loyihalash bosqichlari


Download 31.5 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1428123
Bog'liq
2-Ma\'ruza


2-Ma’ruza
LOYIHALASH BOSQICHLARI
Kiyim konstruksiyasini mukammallashtirish jarayonlarining tahlili ko’p yillar davomida kiyim loyihalash ishlari strukturasi deyarli o’zgarmaganidan darak beradi. Loyihalash ishlari asosan modellashtirish va konstruksiyalash ishlaridan iborat bo’lgan. Bu tizimning ijobiy ta’siri zamonaviy loyihalashda konstruktor va san’atkor-libos dizaynerlarining ijodini birlashtira ololmadi. Natijada qator salbiy xulosalar yuz berdi va loyihalash muddatlari oshaverdi. Masalan, tayyor kiyimda to’qimachilar, pardozlovchilar, materialshunoslar va libos dizaynerkonstruktorlarning hamkorligi yetarli darajada sezilmadi.
Rivojlangan sanoat tarmoqlariga oid loyihalash ishlarining tajribasi shuni ko’rsatadiki, yangi buyumlar loyihalashda qatnashadigan barcha ishlar turlari bir - biri bilan bog’langan bir sistemaga birlashgan holda mukammal hujjatlar majmuini shakllantira oladi.
Loyihalash-konstruktorlik ishlarining tipaviy tuzilishini belgilab beradigan sistema (ЕСКД) yaratildi. Mazkur sistema besh bosqichdan iborat:

  1. Texnik topshiriq.

  2. Texnik taklif.

  3. Eskiz loyihasi.

  4. Texnik loyiha.

  5. Ishchi hujjatlar.

Birinchi bosqichda nafaqat kiyim haqida dastlabki ma'lumotlar:
Kiyim nomi - ayollar ko`ylagi
Vazifasi - kundalik
Yosh guruhi - yoshlar uchun (18-29), o`rta (30-45), katta (46….) Mavsumi - qishqi
Tananing antropometrik хarakteristikasi: bo`y - 158, razmer - 96, to`lalik guruhi - 104-II
Material yoki paket nomi: asosiy gazlama - yarim jun, astar - shoyi.
Tavsiya etiladigan: bo`y - 146 - 170 razmer 88 - 104
Georafik rayon: O`zbekiston
Ikkinchi bosqichda texnik taklif tayyorlanadi. Loyihaning bu bosqichida shakllangan topshiriqqa muvofiq o`hshash modellar tanlanadi mavjud tavsiyalarga asoslanib ularning tahlili o`tkaziladi. Eng yuqori ustivor sifat ko`rsatkichlarga ega bo`lgan taklif modellar eskizlari tuziladi. Yangi taklif modellarning zamonaviyligi va raqobatbardoshligi aniqlanadi.
Uchinchi bosqichda buyumning eskiz loyihasi ishlab chiqariladi. Bu bosqichda buyumning tuzilishi, kiyimga qo`yiladigan talablarga javob berishligi, ishlov berishga qulayligi, standartizaciya va unfikaciyalash darajasi aniqlanadi. Uning asosiy o`lchamlari to`g`risida umumiy malumotlar kiritiladi. Loyihalanayotgan model paketi konfeksion haritasi ishlab chiqiladi. Tehnik rasmda esa bo`linish chiziqlari ko`rsatiladi.
To`rtinchi bosqichda buyumning texnik loyihasi ishlab chiqiladi. Texnik loyiha - bu loyihalanayotgan buyum to`g`risida batafsil ma'lumotlarga ega bo`lgan konstruktorlik hujjatlarning majmuidir. Asosiy konstruksiya qurish usulini asoslab tanlash, AK, BK, MK chizmasini qurish uchun dastlabki ma'lumotlar va qurish, yangi model tayyorlash tehnologiyasini ishlab chiqish kiradi.
Beshinchi bosqichda ishchi konstruktorlik hujjatlarini tashkil etuvchi texnik ifoda va ularga ilova qilingan asosiy, astar va oralik detallar andazalarining komplekti tayyorlanadi. Loyihalanayotgan model razmer va rostlar bo`yicha ko`paytirilib tehnik tavsifnomada tayyor kiyim o`lchamlar tablitsasi va spetsifikasiyasi, loyihalanayotgan model gazlama sarfi, andazalar yuzasi va chiqitlar normasi beriladi.
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling