1-Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati topshiriqlar


Download 415 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi415 Kb.
#1401980
  1   2
Bog'liq
SI 90 guruhiga amaliy mashg'ulot topshirig'i 2


1-Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati


TOPSHIRIQLAR



  1. “Investitsiya” tushunchasiga turli iqtisodchi olimlar tomonidan berilgan fikrlarni o’rganing va tahlil qiling. Respublikamiz va xorijiy mamlakatlar qonunchiligida “investitsiya” tushunchasiga berilgan ta’riflarni o’rganib, tegishli xulosalarni shakllantiring.

Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.

O‘zbekiston davlat mustaqilliga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda esa investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir.


Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 9-dekabrdagi ―Investitsiya faoliyati to‘g‘risida‖gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta‘rif berilgan: ―investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta‘qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar‖1 sifatida ta‘riflanadi. Shunday qilib, ―investitsiya‖ deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog‘lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko‘rinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Investitsiyalarga aniq bir ta‘rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G‘. G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta‘rif berib o‘tgan: ―Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi‖.
Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi ta‘rifni beradi: ―Investitsiya – bu mulk shaklidan qat‘iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir‖.
Mahalliy iqtisodchi-olimlar tomonidan: «investitsiyalar – pulni saqlash, ko‘paytirish yoki ijobiy miqdordagi daromadni ta‘minlashni hisobga olgan holda uni joylashtirish mumkin bo‘lgan har qanday vosita sifatida ifodalanadi», deb ta‘riflangan. «Investitsii» darsligining muallifi,O‘QUV MATERIALLARI

professor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyidagicha tavsiflaydi: «foyda olish yoki boshqa samaralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga mamlakatning turli tarmoqlariga, tadbirkorlik loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan pul mablag‘larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirishdir».


Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati yana bir qator rus va o‘zbek olimlari tomonidan quyidagicha tavsiflangan:
- «investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy samara olish maqsadida investitsiya sohasi obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va intellektual boyliklarni aks ettiradi»
- «investitsiyalar deganda foyda (daromad) olish va investorlarning individual maqsadlari singari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘naltirilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan xarajatlar yig‘indisi tushuniladi»;
- «investitsiyalar o‘zini foyda (daromad) olish maqsadida milliy va xorijiy iqtisodiyotning turli tarmog‘iga xususiy yoki davlat kapitalining uzoq muddatli qo‘yilmasi sifatida namoyon etadi»;
- «investitsiya tushunchasi foyda olish maqsadida qandaydir korxona, tashkilot, uzoq muddatli loyihalar va shu kabilarga kapital, pul mablag‘larini uzoq muddatga kiritishni anglatadi».
Investitsiyalar keng ma‘noda o‘zini mablag‘lar va resurslarning kelgusida ko‘payishi va iqtisodiy samara yoki boshqa rejalashtirilgan natijalar olish (ijtimoiy, ekologik va boshqa samaralar) maqsadida ularning safarbar etilishi sifatida namoyon etadi.
Xorijlik iqtisodchi-olimlardan U.Sharp, K.Eklund, Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu kabilar investitsiyalarning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta‘riflarni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining iqtisodiyot bo‘yicha laureati (1990 yil) U.Sharp ta‘kidlashicha: «investitsiyalar kelgusida (ehtimol, nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir». «Investitsiyalash» atamasining ma‘nosini mana bunday sharhlaydilar: «Kelajakda foyda olish uchun bugun puldan ajralishdir» va hisoblaydilarki, mablag‘larni yoki real yohud moliyaviy aktivlarga investitsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun pul bilan «xayrlashish»da ko‘radilar.
Shved iqtisodchi-olimi K.Eklund fikricha: «investitsiya – bu kelajakda ko‘proq iste‘mol qilish sharoitiga ega bo‘lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zaxiraga qoldiriladigan iste‘mol buyumlari bo‘lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan resurslardir»
«Investitsiyalar atamasini kapitalning kelgusida ko‘payishi maqsadida uning turli xil shaklda joylashtirilishi sifatida belgilash mumkin». «Investitsiyalar – qo‘yilmaning kelgusida o‘sish maqsadida bugungi iste‘moldan voz kechish». «Investitsiya – ishlab chiqarish davri davomida paydo bo‘lgan kapital qo‘yilma qiymatining joriy o‘sishi. Bu o‘sha davrdagi foydaning iste‘mol uchun ishlatilmagan qismi hisoblanadi».
Investitsiyalar– kelajakda foyda olish uchun bugun pul yoki boshqa mablag‘larni xarajat qilishni anglatadi. Masalan, aksiyalarni olsak, ularga egalik qilishdan keladigan tushumlarga vaqt bilan birdek investitsiya riski ham ta‘sir ko‘rsatadi. Biror bir darslikni o‘qish uchun ketgan vaqt

O‘QUV MATERIALLARI



ham (uni qiymatini o‘ylamagan taqdirda ham) – investitsiyadir.Chunki siz bo‘sh vaqtingizni va boshqa ishdan olishingiz mumkin bo‘lgan daromadingizdan voz kechgan holda, kelajakdagi faoliyatingiz yetarli darajada foydali bo‘lishiga hamda sarf qilgan vaqtingiz va kuchingizni oqlashiga umid qilasiz. Bu ikki investitsiya ko‘p taraflama farqlanishiga qaramay, ular barcha investitsiyalar uchun zaruriy bir xususiyatga ega: bugun biror bir qiymatga (boylikka) ega bo‘lgan nimadandir voz kechib, biz ertaga bundan foyda olishni ko‘zlaymiz.15
Iqtisodchi-olimlardan Kempbell R.Makkonell, Stanli L.Bryu investitsiya tushunchasini quyidagicha sharhlaydilar, ya‘ni «investitsiya (investment) – bu moddiy zahiralarning ko‘payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg‘arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlar»16. Ushbu ta‘rif o‘z mazmuniga ko‘ra, ko‘proq, «kapital qo‘yilmalar» tushunchasiga mos kelishini ta‘kidlab o‘tish joiz.
Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olishni tushuniladi, ya‘ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad olish bo‘lib hisoblanadi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, bo‘lishi noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashishdir 17.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» (M. «Delo» nashriyoti-1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta‘rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aktsiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma‘noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta‘minlaydi.

Investitsiyalarning tasnifiy belgilari



Qo‘yilma ob‘ektiga
ko‘ra
Investitsiya-lashda ishtirok etish xarakteriga ko‘ra


Moliyaviy investitsiyalar

Muddatiga ko‘ra
Kiritish yo‘nalishiga ko‘ra
Ko‘rinishga ko‘ra
Kiritilgan aktivlar turiga ko‘ra
Kiritish usuliga ko‘ra
1. Uzoq muddatli 2. Qisqa muddatli
1. Aksiyadorlik jamiyatlari 2. Sho‘‘ba korxonalari
3. Qaram xo‘jalik jamiyatlari
4. Xorijiy kapitalga ega korxonalar 5. Boshqa korxonalar


1. Qimmatli qog‘ozlar sifatida 2. Ta‘sis badali sifatida
3. Qarz sifatida 4. Kredit sifatida

1. Uzoq muddatli aktivlar bilan 2. Qisqa muddatli aktivlar bilan


1. Qiymat usulida
2. Hissali (ulushli) qatnashish usulida


Korxona investitsiyalari


Download 415 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling