Mavzu: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Reja


Download 0.51 Mb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1725024
  1   2
Bog'liq
Mulkchilik


Mavzu: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.
Reja:
1. Mulkchilik munosabatlarning mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob‘ektlari va sub‘eklari.
2. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.
3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.

Mulkchilik munosabatlarning mohiyati va iqtisodiy mazmuni mulk ob‘ektlari va sub‘eklari Iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida kishilarni narsalarga va barcha moddiy va nomoddiy borliqqa munosabatining paydo bo’lishi mulkchilikni keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, mulkchilik munosabatlari – bu iqtisodiy va doimiy kategoriya bo’lib, bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Mulkka egalik qilish – bu mulkni egasi qo’lida mavjud bo’lishidir va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklidir. Shuning bilan bir qatorda mulk kishiga boshqa kishilar foydalanishi mumkun.


Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishini bildiradi. Mol-mulkni o’zlashtirish - bu daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishidir. Mulkni tasarruf etish – bu mol–mulk taqdirini mustaqil hal etishni bildiradi. Bu mustaqillik mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish, davlat ixtiyoriga o’tkazish kabi ko’rinishlardan iboratdir. Mulkchilikning munosabatlarining iqtisodiy mazmunini mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish belgilaydi va jamiyatdagi huquqiy, iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilik shu sababli bir vaqtning o’zida ham huquqiy, ham iqtisodiy ham doimiy kategoriya hisoblanadi. Mulkchilikni huquqiy normalari bu sub‘ektning mulkka xo’jayinlik qilishini yuzaga chiqaradi. Demak, huquqiy norma - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilishdagi iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan real ko’rinishi hisoblanadi.
Mulkning ob‘ekti va sub‘ekti bo’lish lozim. Mulkning ob‘ekti - bu inson yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi kuchi hisoblanadi. Mulkni sub‘ekti - unga egalik kiluvchilar (insonlar) bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa guruhlarga birlashgan bo’ladilar. Mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari birgalikda mulkchilik munosabatlarini shakllantiradi. Demak, mulkchilik munosabatlari - bu mulk ob‘ektini o’zlashtirish bo’yicha sub‘ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Mulkchilik huquqlari – bu mulk sub‘ektining mulk ob‘ektiga nisbatan munosabati bo’lib, mulkdan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan hosil bo’ladigan huquqlar majmuidir degan ta‘rifni berish mumkin.
majmuidir degan ta‘rifni berish mumkin.
Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni
Ma‘lumki, moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga
oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk turlari
kiradi:
1. Davlat mulki;
2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining
xilma-xil turlari;
3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki;
4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki;
5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy
mulki;
6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari;
7. Xususiy mulklardan iboratdir.
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turlituman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir:
1. Davlat mulki;
2. Jamoa mulki;
3. Xususiy mulk;
4. Shaxsiy mulk;
5.Aralash mulk.
Davlat mulki – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat. Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi: birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi, ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari yo’llarni ko’rsatish mumkin. O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tizilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va havonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hoqimiyati va boshqaruvi tuzilmalari molmulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi. Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi. Jamoa mulkiga kooperativlarnig, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar. Shaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan kelgan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi. SHaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ruzg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. O’zbekiston Respublikasining ”Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunda (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi - o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari Iqtisodiyotni rivojlantirishning bozor yo’li - bu kup mulkchilikdir yoki ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirishdir. Buning asosida davlat tasarrufida bo’lgan mulkni xususiylashtirib, uni jamoa, ijara korxonalariga, aktsiya jamiyatlarga, ma‘suliyatli cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taaluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obe‘ktlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishdir.[1] Prezident I. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni “....bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi”[1] deb ko’rsatadi. Shu sababli O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berilib, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni 1991 yil 19 noyabr qabul qilindi. Xususiylashtirish davlat mulkiga egalik huquqining d avlatdan xususiy shaxslarga o’tishini bildiradi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish – bu xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishning ham ko’zda to’shadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi:


1. Davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish;
2. Davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish;
3. Mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga bepul berish;
4. Mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;
5. Ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish;
6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kimoshdi savdosi orqali sotish va hakozo.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3-guruhga ajratish mumkin:
1. Davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish;
2. Davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish;
3. Davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Uchinchi bosqich 1996 yildan boshlandi va xususiylashtirilmaydigan ob‘ektlar ruyxatiga kirmagan barcha ob‘ekt va korxonalar 3146 ta davlat tasarrufidan chiqarildi. To’rtinchi bosqichda asosiy vazifalar sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar yo’naltirildi. Beshinchi bosqich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni bilan bog’liq. Farmonga ko’ra iqtisodiy nochor davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish. Mazkur korxonalani modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan–to’g’ri invetitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob‘ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi, ya‘ni past likvidli ob‘ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlanadi.
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu esa aholini mazkur jarayonda qatnashish imkonini beradi, uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek, yerlar olishida o’z ifodasini topadi. Xususiylashtirishning to’lovliligi ham muhim xususiyatdir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishining imkoniyati yaratildi. Yana bir xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi.
Masalan, xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aktsiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob‘ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalari, bog’larni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.






Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling