Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ahamiyati
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
yoshlarda-huquqiy-madaniyatni-shakllantirishda-huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyatning-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANNOTATSIYA
- Kalit so’zlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 33 YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING AHAMIYATI Dilnoza Orziqulovna Norboyeva TVCHDPI Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi norboyevadilnoz05@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy madaniyat va huquqiy ongni yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy - siyosiy jarayonlarni huquqiy tahlil qilingan. Huquqiy madaniyat va huquqiy ongning nima ekanligiga, uning jamiyatdagi o’rniga to’xtalib o’tilgan. Kalit so’zlar: huquq, madaniyat, huquqiy ong, davlat, jamiyat Huquqiy demokratik davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borayotgan mustaqil O‘zbekistonda fuqarolar huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirish g‘oyat darajada muhim, dolzarb muammodir. Mamlakatimizning rivojlanishi va istiqboli, keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan huquqiy ongi va bilimi hamda huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ayon. Huquqiy ong - huquqni anglash demakdir, odamlarning ham amaldagi huquqga, ham ularning o‘zlari istalgan huquqga munosabatini ifoda etadigan tassavvur va his-tuyg‘ularning mujassamidir. U tabiatan huquq bilan mushtarakdir va shu sababli mavjud iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ikkilamchidir. Huquqiy ong jamiyatning, turli ijtimoiy guruhlarning obyektiv ravishda kelib chiqqan ehtiyojlari va manfaatlarining bevosita ta’sirida shakllanadi, o‘zgarib turadigan obyektiv sharoitlar va jarayonlar ta’siri ostida doimiy rivojlanib boradi. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir qismidir va shu sababli unga falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlar ta’sir etib turadi. Huquqiy ongni rivojlantirishga jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi qonunlarning loyihalarini keng omma (halq) orasida muhokama qilinishi, barcha o‘quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o‘rgatish-o‘rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televideniya, vaqtli matbuotlarda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq qilish; aholining mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o‘rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling