Xotin-qizlar huquqlari yangi qonunlar himoyasida
Download 8.37 Kb.
|
Xotin-qizlar hu-WPS Office
Xotin-qizlar huquqlari yangi qonunlar himoyasida qaror toptirishni nazarda tutuvchi protsessual kafolatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rsatilgan. Xorijiy tajribani o'rganish hozirda zo'ravonlikka, xususan maishiy zo'ravonlikka, xotin-qizlarga nisbatan qo'llaniladigan tazyiq va zo'ravonlikka qarshi kurashish muammosiga katta e'tibor berilayotganidan darak bermoqda. Bu masalani tartibga soladigan maxsus qonunlar 120 dan ortiq mamlakatda qabul qilingan. Tadbirda har ikki qonun orqali milliy qonunchilikka kiritilgan yangi tushuncha va institutlar, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati nistitutlari o'rtasidagi hamkorlik masalalari haqida ham so'z bordi. Shuningdek, xotin qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish bo'yicha qonunda belgilangan chora-tadbirlarni amalda qo'llash mexanizmlari muhokama qilindi. Muloqotlar davomida ushbu qonunlar bilan ayollarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilgani, qonuniy kafolatlari mustahkamlangani e'tirof etildi. Ayni chog'da, jamiyat oldida bu borada yanada muhim vazifa turganiga e'tibor qaratildi. U ham bo'lsa, mazkur qonunlarning ustuvorligi va to'liq ijrosini ta'minlashdir. O'tkir Ochilov, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazining Inson huquqlari sohasidagi ta'lim va ma'rifat bo'limi mutaxassisi Download 8.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling