Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti «Umumiy huquqshunoslik»
Download 275.46 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston respublikasida notariat faoliyatining huquqiy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nematov Jasurbek O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI
- S A M A R Q A N D – 2012 2 M U N D A R I J A
- O’zbekiston Respublikasida notariat idoralarini tashkil qilishning maqsad va vazifalari
- II –bob. Notariat idoralari faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari
- Xulosa
- Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu
- Tadqiqotning metodologik va ilmiy-nazariy asoslari.
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
- Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati
- Malakaviy bitiruv ishining tuzilishi.
- I–BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT IDORALARINI TASHKIL QILISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
- 2-§. Notariuslar faoliyatining ayrim tamoyillari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
Nematov Jasurbek O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NOTARIAT FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI «5240100-Yurisprudensiya» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
«Ish ko’rildi va himoya qilishga Ilmiy rahbar: ass. Turaeva R. ruxsat berildi» «____»____________2012 y. Kafedra mudiri: Taqrizchi: dots. G’ulomov A. dots. G’ulomov A. «_____»_____________2012 y «_____»_____________2012 y
2
Kirish.................................................................................................................3-5 I–bob. O’zbekiston Respublikasida notariat idoralarini tashkil qilishning maqsad va vazifalari 1-§. Notarial idoralarini tashkil qilishning asosiy maqsadlari..........................6-9 2-§. Notariuslar faoliyatining ayrim tamoyillari.............................................10-14 3-§. Notarius lavozimini ta’sis etish tartibi va vazifalari...............................15-29 4-§. Notariuslarning kasbiy tayyorgarligi........................................................30-33
1-§. O’zbekiston Respublikasining notariat to’g’risidagi qonuni......................34-39 2-§.Notarial harakatlarning ayrim turlarini amalga oshirish qoidalari...................................................................................................40-47 Xulosa............................................................................................................48-50 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..............................................................51-53 3
Tadqiqiot ishining yangiligi . Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi mutaqillikka erishganidan keyin huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Jamiyatda qonuniylik va huquq tartibot fuqarolarning qonuniy hatti- harakatlari bilan barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining qonunlarga rioya qilishlari, ulardan to’g’ri foydalanishlari bilan o’rnatiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Qonunning ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hyech bir xo’jalik yurituvchi subyekt, ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hyech bir mansabdor shaxs, hyech bir kishi qonunga bo’ysunish majburiyatidan xalos bo’lishi mumkin emas» 1 .
notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning ham o’z o’rni bor. O’zbekiston Respublikasining Notariat to’g’risidagi Qonunning 1- moddasida ta’kidlanganidek, «O’zbekiston Respublikasida notariatning vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yo’li bilan himoya qilishni ta’minlashdan iboratdir» 2 .
shaxslarning notarial faoliyatni amalga oshirishda qonun qoidalarga qat’iy rioya qilishlari fuqarolar va yuridik shaxslarning haq-huquqlarini himoya qilishgagina emas, balki mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Prezidentimizning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» 3 da ijtimoiy- 1
Karimov I.A. O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. // O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-tom. Toshkent. O’zbekiston. 1996. 321-bet.
2
3 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. Toshkent. O’zbekiston. 2010.
4 siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy hayotimizda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sud huquq tizimidagi islohotlarni takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda qabul qilingan qator qonunlar va me’yoriy hujjatlar notariuslar faoliyatini ham yanada kengaytirishga olib kelmoqda. Bu o’z navbatida notarial faoliyatnihuquqiy jihatdan yanada mukammalroq tartibga solishni talab qildi. Albatta, notariat-fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida jamiyatda muhim o’rin tutadi. Rivojlanib borayotgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishda notariatning ahamiyati hamda roli ortib borayotganini e’tiborga olgan holda, notariatning huquqni muhofaza etuvchi organlar orasidagi o’rnini belgilash, huquqni muhofaza etuvchi organlar bilan notariatning hamkorligini kuchaytirish, notarial tasdiqlangan bitimlarning huquqiy ahamiyatini to’g’ri talqin qilish, notarial faoliyatni kengroq o’rganish – bitiruv malakaviy ishi mavzusining asosiy maqsadi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, asosiy qism: ikki bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bobida notarial idoralarini tashkil qilishning maqsad va vazifalari, notarius faoliyatining ayrim tamoyillari, ikkinchi bobida esa notariat idoralari faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari yoritilgan. Malakaviy ishning xulosasida notariat idoralari faoliyatini takomillashtirishga oid taklif va mulohazalarmizni tavsiya qilmoqdamiz. Bitiruv malakaviy ishini yozishda O’zbekiston Respublikasida nashr etilgan jurnallar, gazetalar, darsliklardan foydalanildi. Jumladan, Sh.Sh.Shorahmedovning «O’zbekiston Respublikasining fuqarolik prosessual huquqi», M.X.Rustambayev va Ye.N.Nikifirovaning «Sud va huquqni muhofaza qilish organlari» kitobi, «O’zbekistonda notariat» kitoblaridan hamda notariat faoliyatiga oid qonun va boshqa me’yoriy hujjatlardan keng foydalanildi.
xodimlar tomonidan ilmiy nuqtai nazardan tadqiqot obyekti sifatida o’rganib kelingan. Jumladan, M.Abdusalomov, M.X.Rustambayev, Sh.Sh.Shorahmetov,
5 I.B.Zokirov, S.Tog’ayev, F.Hamidov, D.Yakubova, Sh.Azimova, S.Sodiqovlarning ilmiy mulohazalari e’tiborlidir.
metodologik va nazariy
asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mustaqil o’zbek davlati va milliy huquqiy tizimi taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari, milliy istiqlol mafkurasi, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi, sud-huquq tizimidagi islohotlarni takomillashtirish borasidagi fundamental asarlari tashkil etadi.
rivojlanib borayotgan fuqarolik huquqi munosabatlarni tartibga solishda notariat organlarining ahamiyati hamda roli ortib borayotganini e’tiborga olgan holda, notariatning huquqni muhofaza qiluvchi organlar orasidagi o’rnini belgilash, ular o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, notarial tasdiqlangan bitimlarning huquqiy ahamiyatini to’g’r talqin qilish, notariat faoliyatni kengroq o’rganish bilan bog’liq munosabatlar huquq nuqtai nazaridan tahlil qilib beriladi.
fuqarolik huquqi, fuqarolik prosessual huquqi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, notariat faoliyati bilan shug’ulanuvchilar foydalanishlari mumkin.
ikki bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 6
TASHKIL QILISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan turli mulkchilik shakllariga asoslangan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar shakllana bordi, xususiy mulkdorlar paydo bo’ldi. Bu esa, o’z navbatida, mulkiy huquq va majburiyatlarni belgilovchi eng ishonchli barometr hisoblangan notariatga bo’lgan e’tiborning yanada oshishiga olib keldi. Notariat ijtimoiy soha instituti sifatida juda qadimiy tarixga ega. U qadimgi Rim davlatida shakllanib rivojlana boshlagan. O’sha davrlardayoq qadimgi rimliklarda yozma farmoyishlar tayyorlab beradigan, sud jurnallarini yuritadigan va boshqa ommaviy huquqiy tarzdagi yozuvlarni qayd etib boruvchi maxsus mansabdor shaxslar bo’lganligi tarixdan ma’lum. «Notarius» - lotincha «notta» so’zidan olingan bo’lib, yozib qo’yuvchi, qayd etuvchi ma’nosini anglatadi. Har qanday jamiyatda davlatning fuqarolarni Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlash majburiyatini kafolatlash va bajarish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning alohida bir tizimi zarurki, uning maqsad va vazifalari ushbu prinsiplardan kelib chiqmog’i lozim. Ko’chmas mulklar, mulkiy huquqiy munosabatlar bilan bog’liq bitimlarni tasdiqlash, hujjat nusxalari va va ulardan ko’chirmalar, hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlash, vasiyatnoma va turli ishonchnomalarni tasdiqlash, mulk va meros huquqiga oid guvohnomalar berish ma’lum tartib-qoidalarni talab etadigan jarayon bo’lib, davlat vakolat bergan organ bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni qamrab oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarning mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish ko’p jihatdan ular o’rtasida tuziladigan mulkiy xarakterdagi shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilishi hamda tomonlar zimmasiga olgan 7 majburiyatini o’z vaqtida to’liq bajarishlariga bog’liq. Shu bois, mazkur shartnomalarning to’g’ri va belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda ularning o’z vaqtida ijro etilishini ta’minlashda notarial idoralarning o’rni beqiyosdir. Notarius fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Shu maqsadda u jismoniy va yuridik shaxslarga o’z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko’maklashishi, tomonlar taqdim etgan bitim loyihalarining mazmun mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mosligini va qonun talablariga zid kelish-kelmasligini tekshirishi, amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari to’g’risida ularni ogohlantirishi, qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi shart. Huquqni muhofaza etuvchi organlar orasida aholi eng ko’p va ixtiyoriy ravishda murojaat etadigan organ notariatdir. O’zbekiston Respublikasi «Notariat to’g’risida»gi Qonunning 1-moddasida «O’zbekiston Respublikasida notariat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yo’li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga da’vat etilgan huquqiy institutdir 1 » deyilgan. Notariatning huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan bog’liqligini notarial harakatlarning mazmunidan ham ko’rishimiz mumkin. 2
beshinchi bobida berilgan bo’lib, bu faqatgina hammaga odat bo’lgan hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash bo’lib qolmasdan, balki bitimlarni tasdiqlash, er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to’g’risida guvohnomalar berish, mol-mulkni o’zga shaxsga o’tkazishni ta’qiqlab qo’yish, fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash, ijro xatlarini yozish va boshqa harakatlardan iborat.
1 O’zbekiston Respublikasi «Notariat to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent. «Adolat». 2010.3-bet. 2
M.X.Rustambayev, Ye.N.Nikiforova. Sud va huquqni muhofaza qilish organlari. Toshkent. TDYuI. 2007. 305-bet.
8 Barcha notarial harakatlar u yoki bu jihatiga ko’ra huquqni muhofaza qilish funksiyasi bilan bog’liq bo’lib, shu xildagi funksiyalarni amalga oshirishda hamkorlik qiladi. Har bir notarial harakatni amalga oshirish jarayonini ma’lum ma’noda fuqarolik jarayoniga qiyoslasa bo’ladi. Notariat faoliyatining o’ziga xos jihati shundaki, notarius taqdim etilgan hujjatlarni qisqa muddatda huquqiy ekspertizadan o’tkazib, shu hujjatlar asosida notarial tasdiqlanishi lozim bo’lgan huquq va faktning nizosiz ekanligi, uning qonunlarga asoslanganligini aniqlashi, notarial harakatni amalga oshirishi, bu hujjatlar qonunlarga zid bo’lsa, notarial harakatni amalga oshirish rad etishi lozim. Notarial harakatni amalga oshirish rad etilganda, notarius manfaatdor tomonning talabiga ko’ra, asoslantirilgan rad etish qarorini chiqarib berishi kerak. Notarius huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlardan, ularning mansabdor shaxslaridan farqli ravishda tugallangan yuridik ahamiyatga ega bo’lgan hujjat chiqaradi. Ya’ni, biror bir shaxsda ma’lum bir huquqning vujudga kelganligini, boshqa birida ma’lum bir majburiyatlar paydo bo’lish faktini tasdiqlaydi. Misol uchun, tergovchi tergov materiallari asosida ayblov xulosasini tayyorlab, uni tasdiqlash uchun prokurorga taqdim etadi, prokuror tasdiqlagan ayblov xulosasi, o’z navbatida, suda o’z tasdig’ini topishi, so’ng sud hukmi yoki qarorida aks etishi lozim. 1
Qonuniy kuchga kirgan sud hukmi (qarori) va amalga oshirilgan notarial harakat yuridik nuqtai nazardan, xususan, ijro etilishi majburiyligi bo’yicha bir xil mao’omga ega bo’lib, har ikkalasi yuzasidan norozi tomonlar sudga qonunda belgilangan tarzda murojaat qilish huquqiga ega. 2
ham bo’ladi. Chunki, konstitusion normalarga asosan, davlat o’zining fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya etish kabi vakolatlarini qonun asosida mutaxassis shaxsga – notariusga bergan. Ya’ni, notariusning o’z ism-
1 O’zbekiston Respublikasining jinoyat prosessual kodeksi. Toshkent. «Adolat». 2003. 2
Huquq va burch. Jurnal // 200 7. №1-2, 61-62-betlar.
9 familiyasi yozilgan shaxsiy muhri bo’lib, unga davlat gerbi tushirilgan. Shuningdek, boshqa lisenziyalashtirilgan faoliyat turlaridan notarial faoliyatning farqi bor: uning lisenziyasi respublikaning boshqa hududlarida qayta tasdiqdan o’tishi yoki ro’yxatga qo’yish jarayonisiz muddatsiz amal qiladi. Notarius amalga oshirgan notarial harakat asosida yuridik ahamiyatga ega bo’lgan hujjat ham chegara bilmaydi. Ba’zi davlatlardan, jumladan Rossiyada notariusning Rossiya Federasiyasi nomidan notarial harakatni amalga oshirishi qonunda belgilab qo’yilgan. 1
O’zbekiston Respublikasida notariat faoliyatini – maxsus vakolat berilgan mansabdor shaxslar sifatida notariuslar va ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish huquqi berilgan mansabdor shaxslar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. «Notariat» termini ko’p ma’noli bo’lib, bir vaqtning o’zida birinchidan, qonun doirasida notarial harakatlarni amalga oshirish vakolati yuklatilgan mansabdor shaxslar va organlar sistemasini, ikkinchidan, notarial faoliyat tartibga solinadigan qonunchilik sohasini, uchinchidan, notarial faoliyat bilan bog’liq masalalarni o’rganuvchi qo’uv kursini bildiradi. Notariat – nizosiz huquqlar va faktlarni mustahkamlash hamda tasdiqlashga qaratilgan huquqiy faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli organlar va mansabdor shaxslar sistemasidir. Shunday ekan, O’zbekiston Respublikasida notariatning vazifasi jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini notariuslar tomonidan qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni amalga oshirish yo’li bilan himoya qilishdan iborat.
1 Saviskiy V.M. «Organizatsiya sudebnoy vlasti v Rossiyskoy Federasii». Uchebnoye posobiye dlya vuzov. Moskva. Bek. 1996. 10
2-§. Notariuslar faoliyatining ayrim tamoyillari Bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarning mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish ko’p jihatdan ular o’rtasida tuziladigan mulkiy xarakterdagi shartnomalarning to’g’ri rasmiylashtirilishi hamda tomonlar zimmasiga olgan majburiyatini o’z vaqtida to’liq bajarishlariga bog’liq. Shu bois, mazkur shartnomalarning to’g’ri va belgilangan qoidalarga muvofiq rasmiylashtirilishi hamda ularning o’z vaqtida ijro etilishini ta’minlashda notarial idoralarning o’rni beqiyosdir.
Notarius fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Shu maqsadda u jismoniy va yuridik shaxslarga o’z huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ko’maklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tomonlar taqdim etgan bitim loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishi, ushbu bitimlar mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mosligini va qonun talablariga zid kelish- kelmasligini tekshirishi, amalga oshirilayotgan notarial harakatlarning oqibatlari haqida ularni ogohlantirishi, qonun hujjatlariga mos kelmaydigan notarial harakatni amalga oshirishni rad etishi shart.
Notarial harakatlar ijtimoiy, fuqaroviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishi nuqtai nazaridan jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakatimizda notariat faoliyati bilan bog’liq fuqaroviy-huquqiy munosabatlar mohiyati, xarakteri, muammolarini, notarial harakatlar subyektlarining huquq va burchlari, vakolatlari, sohaga oid huquqiy bilimlarni oshirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar, soha qonunchiligini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 5 maydagi «O’zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to’g’risida»gi Farmoni bilan xususiy notariuslar faoliyati tugatildi. Bu esa, notarial idoralarining samarali tarmog’ini tuzish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashni taqozo etadi. 11
Shundan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to’g’risida»gi 2010 yil 5 maydagi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirining maxsus buyrug’i qabul qilindi. Ushbu buyruq bilan davlat notarial idoralari tarmog’i va notariuslar soni tasdiqlandi. Shuningdek, 2010 yil mobaynida bajarilishi lozim bo’lgan aniq tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unda: – jismoniy va yuridik shaxslar malakali yuridik yordam olishi uchun qulay shart- sharoitlar yaratish; – faoliyat ko’rsatayotgan va yangi tashkil etilgan davlat notarial idoralarida rasmiylashtirilayotgan notarial harakatlar yuzasidan undiriladigan to’lovlarni qabul qilish bo’yicha kassalar ochish hamda to’lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish uchun hisob-kitob terminal iva nazorat-kassa mashinalari bilan jihozlash; – notarial harakatlar maxfiyligini, hujjatlar va arxiv materiallarining saqlanishini ta’minlash, shuningdek, yangi tashkil etilayotgan davlat notarial idoralari notariuslari va notarial arxiv xodimlarining kasbiy va umumiy bilimini yuksaltirish uchun Respublika yuristlar malakasini oshirish markazida o’qishini tashkil qilish kabi qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligi belgilangan.
Hozirgi vaqtda yangi tashkil etilgan davlat notarial idoralaridagi notarius lavozimlariga tanlov o’tkazilish haqida markaziy va mahalliy gazetalarda e’lonlar berilgan.
Fuqarolar va yuridik shaxslar mafaatlarini himoya qilish va ularga sifatli huquqiy yordam ko’rsatilishi zarurligini inobatga olib, ushbu tanlovlarda notarius lavozimiga halol va malakali, chuqur bilimga ega bo’lgan, mas’uliyatli shaxslarni o’tkazish va shu sohaga loyiq kadrlar bilan to’ldirish maqsad qilingan.
Shuni ta’kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyundagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to’g’risida»gi 2010 yil 5 maydagi 12
Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qarori 1 ga binoan Qoraqalpog’iston Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida notarial arxivlar tashkil etilishi belgilangan. Ushbu arxivlarda xususiy notariuslarga va davlat notarial idoralariga tegishli arxiv hujjatlari saqlanadi, yuridik va jismoniy shaxslarga ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari beriladi. Bu esa, o’z navbatida, notarial idoralarning arxiv hujjatlarini olishda qulayliklar yaratadi. Hozir respublika bo’yicha 14 ta notarial arxivni tashkil etish choralari ko’rilmoqda.
Farmon yuzasidan Adliya vazirining buyrug’iga binoan hududiy adliya boshqarmalari tomonidan ishchi guruhlar tuzilib, ular xususiy notariuslardagi o’n milliondan ortiq arxiv hujjatini qabul qilish va tegishli davlat notarial idoralariga topshirish ishlarini amalga oshirmoqda. Darhaqiqat, davlat notariuslari va xususiy notariuslar rasmiylashtirgannotarial harakatlar bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan. Xususiy notariuslar mulkiy jihatdan mustaqil bo’lsa-da, ular rasmiylashtirgan notarial harakatlar va ularga oid barcha arxiv hujjatlari davlatga tegilidir. Bundan ko’rinib turibdiki, xususiy notariuslarning tugatilishi fuqarolarning ushbu notarial idoralarda rasmiylashtirgan notarial harakatlari bo’yicha muammo tug’dirmaydi.
2010 yil 5 maydagacha, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to’g’risida»gi Farmoni chiqqunga qadar respublikada 566 ta notarial idora faoliyat yuritib kelgan. Ushbu farmonga ko’ra, xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi 239 notarius faoliyati 2010 yil 15 maydan tugatilgan.
Xususiy notariuslar faoliyati tugatilgan bo’lsa-da, yuqoridagi farmon ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 2 iyunda qabul qilingan 104-qarori bilan notarial okruglardagi ehtiyojni inobatga olib, qo’shimcha 220 ta davlat notarial idorasi va 229 ta notarius lavozimi tashkil etilib, respublika bo’yicha 738 nafarga yetkazildi 2 .
1 Xalq so’zi gazetasi. 2010 yil. 6 may. 2 Huquq va burch. 2011 yil. №3.22-23-bet. 13
Faoliyat yuritayotgan davlat notarial idoralarining sharoiti yetarli darajada bo’lsa-da, hozirgi vaqtda yangi tashkil etilayotgan idoralarga xonalar ajratish bilan bir qatorda, barcha davlat notarial idoralarining moddiy-texnik bazasi qayta ko’rib chiqilmoqda.
Notarial faoliyatning takomillashtirilishi sohaga oid qonunchilikka o’zgartish va qo’shimchalar kiritish lozimligini taqozo etmoqda. Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga «Adliya organlari va muassasalari faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi kiritildi. Unda O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik, Oila, Soliq va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslariga, «Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida»gi, «Notariat to’g’risida»gi qonunlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, «Notariat to’g’risida»gi Qonunga kiritilayotgan o’zgartishda bo’lajak notariuslarga qo’yiladigan malaka talablari kuchaytirilib, yosh senzi belgilanmoqda, ya’ni yigirma besh yoshdan kichik bo’lmagan shaxslar notarius bo’lishi va stajirovkani o’tash muddati kamida ikki yil qilib belgilanishi ko’zda tutildi. Shuningdek, lisenziyalash tizimi ham bekor qilinib, notariusning mas’uliyatini oshirish maqsadida qasamyod qilish tartibi ham joriy etilmoqda.
Bundan tashqari, kadrlar tarkibini halol va malakali mutaxassislar bilan to’ldirish maqsadida notarius lavozimiga cheklashlar o’rnatilmoqda. Xususan, belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etgani uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sud’ya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati tugatilgan shaxslar notarius bo’lishi mumkin emasligi kabi normalar loyihaga kiritildi.
Notariusning fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko’rsatish hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha huquqlari 14
kengaytirildi. Jismoniy va yuridik shaxslar nomidan tegishli davlat organlariga mol-mulkka bo’lgan huquqlarni va hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish, shuningdek, hujjatlarning chet elda amal qilishi uchun mazkur organlar tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni olgan holda hujjatlarni legallashtirish uchun murojaat qilish huquqi shular jumlasidandir.
Fuqarolik kodeksiga kiritilayotgan asosiy o’zgarishlardan yana biri vorislik huquqiga taalluqlidir. Amaldagi Fuqarolik kodeksida merosni qabul qilish muddati cheklanmagan bo’lsa-da, merosni qabul qilishdan voz kechish muddati olti oy qilib belgilangan 1 . Bu holat fuqarolarga ancha noqulayliklar tug’dirib, merosdan voz kechish huquqi merosni qabul qilish majburiyatiga aylanib qolgan edi. Kiritilayotgan o’zgartishlarga ko’ra, merosxo’rlar xohlagan vaqtda merosdan voz kechish huquqiga ega bo’ladi. Umuman olganda, merosni qabul qilish muddatsiz bo’lgani kabi, undan voz kechish ham muddatsiz bo’lishiga erishilmoqda.
Kiritilayotgan barcha o’zgartish va qo’shimchalar jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatilayotgan huquqiy yordamning samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgani bilan ham e’tiborlidir. Mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va ma’qullash uchun yuqori palataga jo’natildi.
Xullas, nazarda tutilayotgan o’zgartish va qo’shimchalarning qonun hujjatlarida o’z ifodasini topishi qonunchiligimizning takomillashuviga, unda ko’rsatilgan talablarni hayotga tatbiq etish esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Download 275.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling