O‘qituvchining shaxsiy ish rejalari, kalendar tematik rejalar. Guruh va professor o‘qituvchining jurnallarini yuritish tartibi


Download 1.2 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1561756
Bog'liq
3. O‘qituvchining shaxsiy ish rejalari, kalendar tematik rejalarppt

O‘qituvchining shaxsiy ish rejalari, kalendar tematik rejalar. Guruh va professor o‘qituvchining jurnallarini yuritish tartibi.

Obidova Gulmira

Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun talabalarning auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olishini maqbul usullarini izlash dolzarb masala hisoblanadi. Bu ishlarni tashkil etishda sillabus samarali vosita sifatida foydalanilmoqda.

  • Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari uchun talabalarning auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim olishini maqbul usullarini izlash dolzarb masala hisoblanadi. Bu ishlarni tashkil etishda sillabus samarali vosita sifatida foydalanilmoqda.
  • Sillabus – bu o‘zida o‘rganilayotgan fanning tavsifi, maqsadi va mazmuni, mavzularni qisqacha mazmuni, har bir mashg‘ulotning davomiyligi, mustaqil ta’lim topshirig‘i, maslahatlar vaqti, o‘qituvchining talablari, baholash mezoni va asosiy hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ifoda etuvchi o‘quv-uslubiy dasturdir.

Sillabuslarni tuzishni aniq bir yagona shakli yoki talabi mavjud emas, lekin uning tarkibi quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin.

  • titul varog‘i;
  • fanni o‘qitadigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot;
  • o‘qituvchining aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili;
  • o‘quv yili, semestri;
  • fanning bayoni (dolzarbliligi, maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalarva boshqalar);
  • mashg‘ulot turlari bo‘yicha kalendar rejasi taqsimoti;
  • talabalar uchun uslubiy ko‘rsatma fan bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar

O‘quv uslubiy majmua o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha alohida tayyorlanadi. O‘quv uslubiy majmua talabani ma’ruza, seminar mashg‘ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishini hamda o‘zining bilim darajasini nazorat qilishini ta’minlaydi.

  • O‘quv uslubiy majmua o‘qitiladigan har bir fan bo‘yicha alohida tayyorlanadi. O‘quv uslubiy majmua talabani ma’ruza, seminar mashg‘ulotlariga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishini hamda o‘zining bilim darajasini nazorat qilishini ta’minlaydi.
  • O‘quv uslubiy majmualar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi 107-sonli buyrug‘iga ko‘ra tayyorlanib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
  • Dasturiy materiallar.
  • Fanning ishchi dasturi bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlari uchun ma’ruzalar matni, amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.

Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari mavzulari va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha zaruriy uslubiy ko‘rsatmalar; fan dasturiga muvofiq kurs loyihasi (ishi), hisobgrafik ishi, ijodiy va boshqa turdagi mustaqil ishlar mazmuni, variantlari, zarur metodik tavsiyalar keltiriladi.

  • Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari mavzulari va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha zaruriy uslubiy ko‘rsatmalar; fan dasturiga muvofiq kurs loyihasi (ishi), hisobgrafik ishi, ijodiy va boshqa turdagi mustaqil ishlar mazmuni, variantlari, zarur metodik tavsiyalar keltiriladi.
  • Glossariy. (fanga oid termin va iboralarning qisqa talqini bo‘yicha o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.)
  • Ilovalar: Sillabusning ilovalar qismida quyidagilar keltiriladi:
  • - fanning o‘quv dasturi;
  • - fanning ishchi dasturi;
  • - tarqatma materiallar;
  • - testlar;
  • - ishchi fan dasturiga muvofiq baholash mezoni;
  • - fanni o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo‘yicha boshqa materiallar keltirilish mumkin

Fan bo’yicha kalendar (taqvimiy – mavzular) reja - o’quv materialini to’g’ri taqsimlashda mazkur fanni boshqa fanlar va o’quv amaliyoti bilan bog’lashda, darsga kerakli o’quv materiallari va jihozlarini tayyorlash, o‘qituvchini o‘tgan mashg‘ulotlari bo‘yicha monitoring olib borish, o’qitish jarayonining to‘g‘ri etilish imkonini beradi.

  • Fan bo’yicha kalendar (taqvimiy – mavzular) reja - o’quv materialini to’g’ri taqsimlashda mazkur fanni boshqa fanlar va o’quv amaliyoti bilan bog’lashda, darsga kerakli o’quv materiallari va jihozlarini tayyorlash, o‘qituvchini o‘tgan mashg‘ulotlari bo‘yicha monitoring olib borish, o’qitish jarayonining to‘g‘ri etilish imkonini beradi.
  • Kalendar rejani ishlab chiqishda mashg‘ulot turini aniq belgilash muhim ahamiyatga ega. Kalendar rejaning asosini fanning ishchi o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulot mavzulari tashkil etadi

Mazkur rejani o’qituvchi yo’nalishlarning ishchi o’quv dasturiga asosan ma’ruza, amaliy, seminarva laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv yili boshida tuzib boradi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • Mazkur rejani o’qituvchi yo’nalishlarning ishchi o’quv dasturiga asosan ma’ruza, amaliy, seminarva laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv yili boshida tuzib boradi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:
  • - mashg’ulot turi;
  • - mavzular nomi;
  • -har bir mavzuga ajratilgan vaqt ;
  • -mashg‘ulot o‘tilgan sana;
  • -mashg‘ulot o‘tkazgan o‘qituvchi imzosi;
  • Ishlab chiqilgan kalendar reja tegishli kafedra mudiri tomonidan ko‘rib
  • chiqiladi va tasdiqlanadi

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

  • 1.Oliy ta’lim. Me’yoriy – huquqiy va uslubiy xujjatlar to’plami. Toshkent,
  • “Istiqlol”, 2013.
  • 2. Mavlonova R., To’raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika.- Toshkent:
  • “O’qituvchi”, 2001.
  • 3. Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- Toshkent: TDPU, 2003.
  • 4. Xodjabaev A.R., Xusanov I. Kasb ta’limi metodologiyasi. O’quv qo’llanma. –Toshkent, “Aloqachi” , 2007.
  • 5. Tojiboeva D., Yo’ldoshev A. Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi. Darslik. – Toshkent, “Aloqachi”, 2009.
  • 6. Sharipov SH.S., Vorobev N.A., Muslimov N.A., Ismoilova M. Kasbiy ta’lim pedagogikasi.- Toshkent, TDPU, 2005.

Eʼtiboringiz uchun rahmat


Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling