G`aznaviylar davlati
Download 5.53 Kb.
|
G`aznaviylar davlati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 961-yil Alptegin Somoniylar davridagi siyosiy vaziyatdan foydalanib Gʻaznada oʻz hukmronligini oʻrnatadi.
- Boshqaruv tizimi
- Dargoh faoliyati
- Harbiy Boshqaruv
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Reja
G`aznaviylar davlati G`aznaviylar davlatiG`aznaviylar davlatiReja:G'aznaviylar davlati tashkil topishi va siyosiy vaziyat. Gʻaznaviylar davlatida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Davlatning tarix sahnasidan chiqishi 961-yil Alptegin Somoniylar davridagi siyosiy vaziyatdan foydalanib Gʻaznada oʻz hukmronligini oʻrnatadi.961-yil Alptegin Somoniylar davridagi siyosiy vaziyatdan foydalanib Gʻaznada oʻz hukmronligini oʻrnatadi. Uning vafotidan soʻng 962-963-yillarda shu sulolaning bir qancha vakillari ham Gʻaznada hukmronlik qilgan. Sobuqtegin hukmronligi davri (977-997) alohida eʼtiborga loyiq. Chunki Gʻaznaviylarni siyosiy kuch sifatida tan olinishi 996-yil uning hukmronligi davriga oiddir. Sobuqtegin vafotidan soʻng 997-yil oʻgʻli Ismoil, 998-yil keyingi oʻgʻli Mahmud taxtga keladi. Gʻaznaviylar qudrati yanada ortgan davr bu Maxmud Gʻaznaviy hukmronligi davridir. Sulton Mahmud Gʻaznaviy (998-1030) hukmronligi davrida Xorazm, Xuroson, Seyiston, Kobul, Gʻazna, Shimoliy Hindiston kabi hududlar Gʻaznaviylar tarkibiga kiritiladi. Mahmud Gʻaznaviy vafot etganidan soʻng taxtga oʻgʻli Ma'sud Gʻaznaviy taxtga oʻtiradi. Uning hukmronligi davrida (1030-1041) Mahmud Gʻaznaviy tomonidan egallangan hududlarni saqlab qolish uchun harakatlar davri boʻldi.Mahmud Gʻaznaviy vafot etganidan soʻng taxtga oʻgʻli Ma'sud Gʻaznaviy taxtga oʻtiradi. Uning hukmronligi davrida (1030-1041) Mahmud Gʻaznaviy tomonidan egallangan hududlarni saqlab qolish uchun harakatlar davri boʻldi. Ammo, 1034-yil Xorazm Gʻaznaviylar tarkibidan chiqadi. 1038-yil Saljuqiylar Nishopurni egallaydi. Shu tufayli Saljuqiylarni ta'siri kuchayib boradi. 1040-yil Marv va Saraxs oraligʻidagi Dandoniqonda Saljuqiylar Gʻaznaviylarga zarba beradi va zaiflashtirib qoʻyadi. Xuroson esa qoʻldan ketadi. Ma'sud Gʻaznaviydan soʻng Mavdud Gʻaznaviy (1041-1049) hukmronligi davrida davlat mavqeini tiklashga harakat qiladi. Ammo, Gʻazna va Shimoliy Hindistondagina oʻz taʼsirini qoʻlda tutib turadi xolos. Shunday boʻlsada 1187-yilga kelib oʻz faoliyatlarini toʻxtatadi. Boshqaruv tizimiBoshqaruv tizimi Davlat boshqaruv tizimi markazida dargoh va devon(vazirlik) turgan. Gʻaznaviy hukmdorlar Amir unvoniga ega boʻlgan va dargohda faoliyat yuritgan. Gʻaznaviylar davri boʻyicha hojiblikning obru e'tibori baland boʻlib, uning turli shakllari mavjud boʻlgan: Ulugʻ hojib, saroy hojibi, navbatchi hojib, hojib-jomador. Viloyat boshligʻi- voliy, Shahar boshligʻi- rais deb atalgan. Viloyat ijroiya boshqaruv ishlarini amid olib borgan. Devonlardan 5 tasini nomi manbalarda tilga olinadi: Vazir devoni-bosh vazir devoni Harbiy ishlar devoni Diplomatik va rasmiy tadbirlar, hujjatlar yuritish devoni Hisob-kitob, moliya devoni Pochta-xabar devoni Dargoh faoliyatiSipohdor - saroy xizmatchisi Davotdor - oliy hukmdor shaxsiy xujjatlari, yozuv-chizuv ishlarini yurituvchi Pardalar - mahram, sir saqlovchi, pinhona vazifalarni bajaruvchi Martabador - saroydagi oʻrta darajadagi amaldor Jomaxona - kiyimlar saqlanuvchi xona boshligʻi Farrosh - saroydagi kichik xizmatchi Xazinachi - xazina boshligʻi Harbiy BoshqaruvOliy qoʻmondon hukmdorning ixtiyorida boʻlgan. Bosh qoʻmondon-sipohsalor Yuqori darajadagi lashkarboshi- salor Oʻrta darajadagi lashkarboshi- sarxang Saralangan jangovar qism- gvardiya boʻlgan. Gʻaznaviylar Mahmud Gʻaznaviy davrida qudratli qoʻshinga ega boʻlgan XI asr fan va madaniyat sohasida Gʻaznaviylarning ham ahamiyati katta. Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi davrida bu sohaga e'tibor katta boʻlgan.XI asr fan va madaniyat sohasida Gʻaznaviylarning ham ahamiyati katta. Mahmud Gʻaznaviy hukmronligi davrida bu sohaga e'tibor katta boʻlgan. Mahmud Gʻaznaviy turkiy, fors, arab, pahlaviy tillarini mukammal bilgan va she'rlar yozgan. Shu davrda Farruxiy, Utbiy, Manuchehriy, Gardiziy, Bayhaqiy, Nosir Xisrav kabi tarixchi va shoirlar faoliyat yuritgan. Abu Rayhon Beruniy ham mashhur asarlarini Gʻaznada yozgan. Abulqosim Firdavsiy ham 30 yil ichida yozib tugatgan "SHOHNOMA" asarini Mahmud Gʻaznaviyga taqdim etgan. Asar 60 mingdan ortiq baytdan iborat boʻlgan. Shuningdek Gʻaznaviylar davrida Gʻazna, Balx, Nishopur, Shimoliy Hindistonda Madrasa, masjid, saroy, xonaqohlar koʻplab qurilgan. Ilm olish uchun sharoitlar yetarlicha yaratib berilgan. Foydalanilgan adabiyotlarAzamat Ziyo _Oʻzbek davlatchiligi tarixi_Toshkent 2001 R. Shamsuddinov. Sh. Karimov_Vatan tarixi_Toshkent 2009 Q. Ergashev. H. Hamidov_Oʻzbekiston tarixi_Toshkent 2015 Saljuqiylar davlatiSaljuqiylar davlati RejaReja 1Tashkil topishi 2Davlatni boshqarish 3Madaniyati 4Adabiyotlar 5Manbalar http://fayllar.org Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling