Yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning ahamiyati
Download 0,5 Mb. Pdf ko'rish
|
yoshlarda-huquqiy-madaniyatni-shakllantirishda-huquqiy-ong-va-huquqiy-madaniyatning-ahamiyati
www.scientificprogress.uz
Page 34 rivojlantirish; oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish, o‘ylaymizki huquqiy ongni rivojlantirishning omillari bo‘lib hisoblanadi. Aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997 - yil 29 - avgustda qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi"da ham belgilab berilgan. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat ham moddiy ma’naviy, ahloqiy va boshqa mafkuraviy omillar asosida shakllanib hamda rivojlanib boradi. Huquqiy madaniyat fuqarolarning yetukligi va ongliligini ko‘rsatuvchi me’yordir. Huquqiy ong, bilim va tasavvurlar insonda tasodifiy ravishda paydo bo‘lmaydi. Uni insonning tug‘ma xususiyati deyish ham mumkin emas. Inson onadan dono-yu donishmand bo‘lib ham tug‘ilmaydi. Kishidagi huquqiy ong, huquqiy bilim va madaniyat ta’lim tarbiya, o‘qish o‘rganish, mehnat qilish, amaliy faoliyat, hayot tajribasi, ajdodlar merosi va namunasi asosida shakllanib, rivojlanib uzluksiz takomillashib boradi. Huquqiy bilimlar va huquqiy ongning yuzaga kelishi va rivojlanishi cheksiz jarayondir. U jamiyat taraqqiyoti asosida yuzaga keladigan obyektiv talab va ehtiyojlar, mavjud imkoniyatlar, shart sharoitlar asosida shakllanadi. Inson jamiyatda, davlatda yashar ekan, uning huquqiy ongini shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar bilan bog‘lanmog‘i lozim. Huquqiy madaniyatsiz jamiyat kelajagini tassavur etib bo‘lmaydi. Yoshlarning qalbi va vujudiga go‘daklik paytidan boshlab odob ahloq, huquqiy qonun qoidalar haqidagi ilk tasavvur va tushunchalarni singdirishga jamiyatning asosi bo‘lgan oilaning roli va ahamiyati beqiyosdir. Qonunlarimiz asoslaridan xabardor bo‘lish yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlik holatlarini, odob ahloqimizga zid hatti-harakatlarning oldini olishda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qonunlarni yaxshi bilgan yoshlargina ularga rioya qiladi. Bunday inson o‘zini ham oilasini ham, halqi davlatini ham himoya eta oladi. Qonun talablariga qat’iy rioya etish, qonunlarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatish, qonun oldida hamma- prezident va oddiy fuqaro ham, erkagu ayollar ham, yoshlaru keksalar ham, tadbirkorlaru mansabdor shaxslar ham teng va ma’sul ekanini, bu masalada hech kimda alohida imtiyoz yo‘qligini chuqur idrok etish, ana shu qadriyatni ongiga mukammal singdirish barcha yoshlar uchun muhim fazilat hisoblanadi. Shunday qilib, ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy turmush rivojlanishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan Download 0,5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling