12-AMALIY MAShG‘ULOT. QIShLOQ XO‘JALIGIDA MULK VA XO‘JALIK YuRITISh ShAKLLARINING SAMARADORLIGI.
II.Reja.
12.1.Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni: egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish. Mulk obyekti va subyekti.
12.2.Mulkchilikning iqtisodiy va xuquqiy jihatlari. Mulk shakllarining tasniflanishi.
12.3.Davlat mulki, jamoa mulki, shaxsiy mulk. xususiy mulk va aralash mulk. Iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o‘rni.
III.Darsning maqsadi: Talabalarda mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni: egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish, mulk obyekti va subyekti, mulkchilikning iqtisodiy va xuquqiy jihatlari, mulk shakllarining tasniflanishi, davlat mulki, jamoa mulki, shaxsiy mulk. xususiy mulk va aralash mulk, iqtisodiyotni isloh qilishda mulkchilikning o‘rni bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
IY.Darsning ta’minoti.
Y.Darsning borishi:
O‘tgan mashg‘ulotni so‘rash.
Yangi mashgulotni tushuntirish.
Talabalarni mustaqil ishlashi uchun topshiriq.
Darsning mazmuni: Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish, hamda jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |