12-amaliy mashG‘ulot. Qishloq xo‘jaligida mulk va xo‘jalik yuritish Shakllarining samaradorligi. II. Reja
Download 90.17 Kb.
|
12 AMALIY MAShG‘ULOT QIShLOQ XO‘JALIGIDA MULK VA XO‘JALIK YuRITISh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulk sub’ekti
- Mulkchilik munosabatlari
Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol-mulkni o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.
Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustakil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, xadya qilish , ijaraga berish kabi xollar orqali ro‘y beradi. Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo‘g‘in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘lgan, mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo‘lib chiqadi. Mulkchilik munosabatlari -bu mulk ob’ektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Davlat mulki - egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Download 90.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling