1-mavzu: Ipak qurtining morfologik tuzilishini o‘rganish Darsning maqsadi


Download 81.5 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi81.5 Kb.
#130665
Bog'liq
1-laboratoriya mashg'uloti.


1-mavzu: Ipak qurtining morfologik tuzilishini o‘rganish

Darsning maqsadi: Ipak qurti tanasining tashqi tuzilishini o‘rganishdan iborat.

Kerakli jihozlar. Kerakli adabiyotlar, beshinchi yoshdagi fiksatsiyalangan bir nechta tut ipak kurti, tayyor preparatlar, tablitsa (plakat) lar, ipak qurtining maketi, turli yoshdagi fiksatsiyalangan qurtlar - xo‘l preparatlar va turli rangdagi qurtlar.

Ishni bajarish tartibi.

1. Tirik yoki fiksatsiyalangan 5-yoshdagi ipak kurtini vannachaga solib, uning umumiy gavda tuzilishi bilan tanishing. Tana uch: bosh, ko‘krak va qorin qismdan tuzilganligiga, ulardagi o‘simtalarga, ko‘krak va qorin qismidagi harakat organlari va rangiga etibor bering.

2. Bosh tuzilishini kuzating. 5-yoshdagi fiksatsiyalangan qurtning bosh bo‘lagi tanasiga qanday tutashganligi, katta-kichikligi, rangiga e’tibor bering. O‘tkir qaychi bilan boshini tanasidan ajratib oling. Lupa orqali kuzatib boshini bo‘laklarga ajrating.

3. Fiksatsiyalangan ipak qurti ko‘krak qismining tuzilishi bilan tanishib chiqing. Ko‘kragining bosh qismiga tutashishi, ko‘krak bo‘g‘im sonlari va ko‘krak oyoqlarining joylashishi, soni va tuzilishiga e’tibor bering.

4. Ipak qurti qorin kismining tuzilishi bilan tanishib, uning ko‘krak qismi bilan chegarasi, qorin bo‘g‘im sonlari, ularda joylashgan yolg‘on oyoqlar soni, tuzilishi, qorin o‘simtalari va 9-qorin bo‘g‘imining tuzilishi hamda shakliga e’tibor bering.

5. Turli xil yoshdagi fiksatsiyalangan qurtlarni (1, 2, 3, 4, 5 - yoshlar) birbiriga taqqoslang; tashqi tuzilishi, rangi, katta-kichikligidagi farqlarni aniqlang.



6. Kuzatganlaringizning rasmini chizing. Asosiy tushunchalar: Morfologiya – tananing tashqi hamda ichki tuzilishini o‘rganadi. Tut ipak qurtida ham tangacha qanotli kapalaklar turkimining vakillariga o‘xshash, lichinkalik davri mavjud. Bu davrda u o‘sadi, rivojlanadi va keyingi rivojlanish darlari uchun zapas oziq yig‘adi. Chunki tut ipak qurtlari faqat .plichinkalik davrida oziqlanadi. Bu davrda jinsiy organlari shakllanadi va ularda jinsiy hujayralar g‘umbaklik davriga kelib to‘liq rivojlanib shakllanadi. Tut ipak ing morfologik belgilari beshinchi yoshda to‘liq shakllanadi. Tanasi cho‘zinchoq, silindrik shaklda, qorin tomoni biroz yassiroq, elka ttomoni esa yarim oy shaklida- yumaloq, bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. qurt tanasi uch- b o sh, k o‘ k r a k va q o r i n qisimlaridan iborat. B o sh i katta emas, yarim yumaloq- nuxatning yarim pallasiga o‘xshash, qo‘ng‘ir jigar rangda (5 yoshda). Bosh qismida bir muncha qattiq-xitin modda hosil bo‘lgan bo‘lib, ikki bo‘lma bir-biriga harakatsiz birikkan. Qurtning bosh qismi mayda tukchalar bilan qoplangan. Boshining ustki qismida ko‘z, mo‘ylov, og‘iz apparati va ipak ajratish naychasi joylashgan. Boshning ikki yon tomonida 6tadan 12 ta oddiy ko‘zchalari bo‘ladi. Ipak qurtining ko‘krak va qorin qisimlari bo‘g‘imlaridan tuzilgan. K o‘ k r a k q i s m i nisbatan kalta, 3ta bo‘g‘imdan iborat: Bo‘g‘im chegarasi faqat qorin tomondan ko‘rinib, birinchi ko‘krak bo‘g‘imi boshi bilan yumshoq keng biriktiruvchi parda orqali birikkan. har bir qo‘qimining ostki tomonidan bir juftdan oyog‘lari joylashgan bo‘lib, ularning har biri o‘z navbatida uch bo‘qimdan iborat. Bu oyoqchalar tuklar bilan qoplangan, oxirgi bo‘g‘im qattiq tirnoq bilan tugaydi. Bu oyoqlar «haqiqiy oyoqlar» deb aytiladi. Chunki ular kapalaklik davrida ham saqlanib qoladi. Ko‘krak oyoqlari asosan qurtlar oziqlanayotganda bargni tutib turish uchun xtzmat qiladi. Ko‘krak bo‘g‘imlarining orqa va yon tomonidan teri yirik burmalar hosil qiladi, bular ostida kapalak qanotning boshlang‘ich murtaklari joylashgan. Ko‘krak bo‘g‘imining har bir yon tomonida oval shaklida qora dog‘ ko‘rinishidagi bittadan nafas teshigi bor.

Q o r i n –ipak qurti tanasining bir muncha uzun qismi bo‘lib, tananing oltidan besh qismini tashkil etib, 9 ta bo‘g‘imdan iborat. qorinning birinchi bo‘g‘imi ko‘krakning ketingi uchi bilan harakatsiz birikan ikkinchi va uchinchi bo‘g‘imlar eng katta bo‘g‘imlardir. Keyingi bo‘g‘imlar asta-sekin kichiklashib va yassalashib boradi. Umuman qurtning tana qismi (unda ovqat hazm qilish sistemasi joylashgan) gavda bo‘shlig‘ining katta qisminm tashkil qiladi. SHuning uchun gavdasining tashqi ko‘rinishi va ba’zi qismining katta kichikligiga ovqat hazm qilish sistemasining ko‘ndalang tuzilishiga bog‘liq. Hasharotlarning teri qoplami ularning mexanik va kimyoviy ta’sirlardan himoya qiladi va tashqi skelet vazifasini bajaradi. Terining ichki tomonida muskullar joylashgan bo‘lib, ular hasharotni maxkam tutib turadi. Umurtqali hayvonlarning organizmi sikileti bilan birga o‘sib rivojlanadi, hasharotlarda esa teri qoplamini deyarli o‘zgarmaydi, chunki kitikula cho‘zilmaydi. Shuning uchun organizm o‘sib rivojlangan sari vaqti vaqti bilan hasharot eski terisini tashlaydi va yangi teri o‘sib chiqadi.
Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling