9. Iste’molchilarning yuqori narxlarda shu mahsulot o‘rniga uning o‘rinni bosadigan boshqa arzonroq mahsulot xarid etishga moyilliklari:
A) Ishlab chiqarish samarasi bilan izohlanadi;
*B) Almashtirish samarasi bilan izohlanadi;
V) Daromad samarasi bilan izohlanadi;
G) Omillardan oqilona foydalanish samarasi bilan izohlanadi.
4-MAVZU: TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI
10.Elastiklik tushunchasi nimani anglatadi?
A) Talab va taklif muvonatini;
B) Tovar narxining щzgarib turishini;
*V) Bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’sirida o‘zgarishini ifodalaydi;
G) Buyumlarning egiluvchanligini ifodalaydi.
11. Tovar narxining 1 % ga kamayishi natijasida unga bo‘lgan talab hajmi 2 % ga oshsa, bunday talab:
A) Noelastik;
*B) Elastik;
V) Birlik elastik;
G) Mutloq elastik deyiladi.
12. Agar mahsulot narxining 5 % ga kamayishi taklif hajmini 9 % ga pasaytirsa, bunday taklif:
A) Noelastik.
B) Birlik elastik.
*V) Elastik.
G) Mutloq noelastik taklif deb yuritiladi.
13. Noelastik talab deyiladi, agar:
*A) Tovar narxining 1 % ga oshishi unga bo‘lgan talab hajmini 1 % dan kam miqdorda pasaytirsa;
B) Tovar narxining 1 % ga oshishi unga bo‘lgan talab hajmini 1 % dan ortiq miqdorda pasaytirsa;
V) Bahoning har qanday o‘zgarishi yalpi tushumning o‘zgarmasligiga olib kelsa;
G) Bahoning 1 % ga ko‘tarilishi talab hajmining oshishiga olib kelmasa.
14. Agar qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab noelastik bo‘lsa, serhosil kelgan yilda fermerlar daromadi:
A) Ko‘payadi, chunki sotiladigan mahsulotlar hajmi oshadi.
*B) Kamayadi, chunki sotiladigan mahsulot hajmining oshishiga nisbatan mahsulot narxining kamayishi nisbati ko‘proqdir;
V) Ko‘payadi, chunki talabning oshishi natijasida mahsulot narxi ko‘tariladi;
G) O‘zgarmaydi, chunki tovar xajmining ko‘payish nisbati tovar narxining kamayish nisbatiga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |