1-mavzu: iqtisodiy bazis tushunchalar


Tavakkalchilikni taqsimlash usuliga ko‘ra


Download 112.22 Kb.
bet35/37
Sana10.10.2023
Hajmi112.22 Kb.
#1697021
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Корхонани умумий харажатлари нима-fayllar.org

20. Tavakkalchilikni taqsimlash usuliga ko‘ra:
A)* Tavakkalchilik qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo‘qotishi nisbatan kichik bo‘ladi;
B) Tavakkalchilik sug‘urtalanadi;
V) Tavakkalchilikdan voz kechiladi;
G) Tavakkalchilik boshqalarga o‘tkaziladi.
21. Asimmetrik axborotlashgan bozorda:
A) Tavakkalchilikdan voz kechiladi;
B) Bozordagi sub’ektlar o‘rtasida bo‘ladigan savdo-sotiqda ularning birortasi ham kerakli, muhim axborotga ega bo‘lmaydi.
V) Bozordagi sub’ektlar o‘rtasida bo‘ladigan savdo-sotiqda ularning barchasi kerakli, muhim axborotga ega bo‘ladi;
G)* Bozordagi sub’ektlar o‘rtasida bo‘ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi bozor to‘g‘risidagi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega bo‘lmaydi.
22. Ma’naviy tavakkalchilik (yo‘qotish):
A) Ma’naviy hayotda yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlar;
B)* Yo‘qotishlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘liq qoplanishiga ishonib vujudga kelgan yo‘qotishlar natijasini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati;
V) Biznes etikasiga rioya etmaslik oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlar;
G) Muomala san’ati pastligi oqibatida foydali shartnomalar tuzaolmaslik oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishlar.
23. Ingliz auksioni:
A) Stavkalar qat’iy o‘rnatiladigan bozor;
B)* Stavka pastdan yuqoriga qarab oshib boradigan auksion;
V) Stavka yuqoridan pastga qarab tushib boradigan auksion;
G) Baho talab va taklif asosida shakllanadigan odatdagi bozor .
24. Golland auksionida:
A) Stavkalar qat’iy o‘rnatiladigan bozor;
B) Stavka pastdan yuqoriga qarab oshib boradigan auksion;
V)* Stavka yuqoridan pastga qarab tushib boradigan auksion;
G) Baho talab va taklif asosida shakllanadigan odatdagi bozor.
25. YOpiq auksion:
A) Stavka pastdan yuqoriga qarab oshib borib, bu oshish taklif qilingan maksimal narxda tovar sotilguncha davom etadigan bozor;
B) Stavka yuqoridan pastga qarab pasayib borib, toki tovar minimal mumkin bo‘lgan narxda sotilgunga qadar tushib boradigan bozor;
V)* Auksionda qatnashuvchilar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tovar uchun stavkalar qo‘yadigan va tovar kim ko‘p stavka qo‘ygan bo‘lsa, unga beriladigan bozor;
G) Baho talab va taklif asosida shakllanadigan odatdagi bozor.

Download 112.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling