15. X tovarni ishlab chiqaruvchi sub’ekt mahsulotning narxini 5 % ga pasaytirdi, natijada sotuv hajmi 4 % ga oshdi. Bunday holda X tovar:
A) Elastik;
*B) Noelastik;
V) Birlik elastik;
G) Mutloq elastik hisoblanadi.
16. Narxga bog‘liq talab elastikligi:
A) Qimmatbaho buyumlarga nisbatan birlamchi zaruriy tovarlarda yuqori bo‘ladi;
B) Iste’molchilar tovardan eng ko‘p naf keltiradigan darajada ishlatganda yuqori bo‘ladi;
V) Tovarlarni ishlab chiqarishning alternativ xarajatlari qancha ko‘p bo‘lganda yuqori bo‘ladi;
*G) Tovar iste’molchi uchun unchalik muhim ahamiyat kasb etmaganda yuqori bo‘ladi.
17. Agar har qanday hajmdagi mahsulotlar bir xil narxda sotiladigan bo‘lsa, u holda ushbu tovarga talab:
A) Mutloq noelastik;
*B) Mutloq elastik;
V) Elastik;
G) Noelastik deyiladi.
18. Tovar past kategoriyali hisoblanadi, agar:
*A) Daromadga bog‘liq talab elastikligi – 0,5 ga teng bo‘lsa;
B) Narxga bog‘liq talab elastikligi – 1,3 ga teng bo‘lsa;
V) Kesishgan talab elastikligi – 0,7 ga teng bo‘lsa
G) Daromadga bog‘liq talab elastikligi – 1,3 ga teng bo‘lsa
19. Aytaylik, X tovar taklifi mutlaq noelastik bo‘lib, ushbu tovarga bo‘lgan talab hajmi oshsa, muvozanat narx:
A) Pasayadi, muvozanat hajm esa ko‘payadi;
B) Muvozanat hajm pasayadi;
V) Ko‘tariladi, muvozanat hajm esa pasayadi;
*G) Ko‘tariladi, muvozanat hajm esa o‘zgarmasdan qoladi
20. Mahsulotning narxi 1500 so‘mdan 2000 so‘mga ko‘tarilganda, talab xajmi 1000 dan 900 birlikka pasaysa narxga bog‘liq talab elastikligi:
*A) 0,2 tengdir;
B) 2,4 ga;
V) 0,6 ga;
G) 3 ga teng bo‘ladi.
21. Agar tovar taklifi noelastik bo‘lib, unga bo‘lgan talab qisqarsa, sotuvchining daromadi:
A) Oshadi;
*B) Qisqaradi;
V) Talab elastik bo‘lsa qisqaradi;
G) Talab noelastik bo‘lsa qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |