5. formulasi nimani ifodalaydi?
A) YAlpi mahsulot miqdorini;
B) O‘rtacha mahsulot miqdorini;
V)* CHekli mahsulot miqdorini;
G) O‘rtacha baho darajasini.
16. Ishlab chiqarish omillari chekli unumdorligining kamayish qonuniga ko‘ra:
A) Ishlab chiqarish omilidan foydalanish hajmining oshib borishi bilan, umumiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham oshib boradi;
B) Ishlab chiqarish omilidan foydalanish hajmining oshib borishi umumiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirmaydi;
V) Ishlab chiqarish omilidan foydalanish hajmining oshib borishi bilan, qandaydir bir nuqtadan boshlab o‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshib boradi;
G)* Biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish hajmining oshib borishi bilan, qandaydir bir nuqtadan boshlab o‘zgaruvchan omil hajmini yana oshirish chekli mahsulot hajmini kamayishiga olib keladi.
17. "Izokvanta" deganda nimani tushunasiz?
A) Ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan omillarning maqsadga muvofiq o‘zaro mutanosibligini;
B) Ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslarining hajmini;
V) Ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kapital sarflar va xarajatlarning olib borayotganligini;
G)* Bir xil hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ta’minlaydigan resurslar sarfilari kombinatsiyasini.
18. "Izokosta" chizig‘i nimani bildiradi?
A)* Umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini;
B) Korxonaning ishlab chiqarish omillarini sotib olish uchun mablag‘ining turli omillar o‘rtasida taqsimlanishini;
V) Korxona foydasini taqsimlash yo‘nalishlarini ifoda etuvchi chiziqni;
G) Ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar sarfini.
19. CHekli texnologik almashtirish normasi nimani ifodalaydi?
A) Umumiy qiymati bir xil bo‘lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini;
B)* Izokvantaning ma’lum nuqtasidagi burchak koeffitsientini, bir ishlab chiqarish omili bilan boshqa bir omilni texnik almashtirish normasini;
V) Ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan kapital sarflar va xarajatlarni;
G) Ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan resurslar sarfini.
Do'stlaringiz bilan baham: |