Mustaqil ish Mavzu:Mahsulot (ish, xizmatlar) Bajardi:Sa’dullayev Murodula Guruh: 8bh-20 Reja: - 1. Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob‟ekti va usullari.
- 2 Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari.
- 3 «Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
- 4.Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti va usullari
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish – mahsulot birligiga to’gri keluvchi umumiy xarajatlar miqdorini aniqlashdir. - Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish – mahsulot birligiga to’gri keluvchi umumiy xarajatlar miqdorini aniqlashdir.
- Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi;
- xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi;
Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti va usullari (davomi) - Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti va usullari (davomi)
- bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulini tanlash. Har bir korxona ushbu tanlovni mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni majburiy ravishda hisob siyosatida qayd etadi;
- korxona xarajatlarini davrlar bo'yicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog'lash muhim emas;
- Kapital qo'yilmalar va joriy xarajatlar hisobini alohida yuritilishi. Ushbu tamoyil "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida " nizom bilan asoslanadi;
- Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.
Foyda
|
=
|
Ko’zda tutilgan foydaning 2/3 qismi
|
x
|
Buyurtmachidan olingan summalar
Topshirilgan ishlarning qiymati
|
Ko’zda tutilgan foyda
|
=
|
Topshirilgan ishlarning qiymati
|
-
|
Topshirilgan ishlarning tannarxi
|
-
|
Ko’zda tutilmagan xarajatlarning zaxirasi
|
Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari (davomi)
- Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari - «Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
- Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi.
- "Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko’rinishini aks ettiradi.
- Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
- mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish;
- me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
Standart kost» va «Direkt kosting» usullari - Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
- Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi - ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.
- Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to’g’ri (o’zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o’rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan qo’yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning rentabelligini aks ettiradi. SHunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qancha ko’p bo’lsa subekt shuncha ko’p daromad oladi. Tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o’zgaruvchan (to’g’ri) xarajatlar bo’yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subektlarda realizatsiyani ko’paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |