1-mаvzu. “Iqtisodiy rivojlаnish nаzаriyalаri” fаn sifаtidа reja: Iqtisodiy oʼsish va iqtisodiy rivojlanish tushunchalari Iqtisodiy oʼsishning turlari


Download 15.71 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi15.71 Kb.
#1012168
  1   2   3
Bog'liq
1 mavzu


1-MАVZU. “IQTISODIY RIVOJLАNISH NАZАRIYALАRI” FАN SIFАTIDА
REJA:
1. Iqtisodiy oʼsish va iqtisodiy rivojlanish tushunchalari
2. Iqtisodiy oʼsishning turlari
3. Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani

1. Iqtisodiy oʼsish va iqtisodiy rivojlanish tushunchalari


1. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiyva boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yoʼli - bu milliy iqtisodiyning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy rivojlanishga erishishdir. Аholi farovonligining oshirib borishi xam pirovard natijada iqtisodiyoʼsish darajasi va surʼatlariga bogʼlik. Shu sababli mazkur bobning tahlili iqtisodiy rivojlanishning moxiyati, uning darajasini ifodalovchi koʼrsatkichlar, iqtisodiyoʼsishning mazmuni, turlari va koʼrsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi.


Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi juda serqirra jarayon boʼlib, u oʼz ichiga iqtisodiyoʼsish, iqtisodiydagi tarkibiy oʼzgarishlar, aholihayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U xech kachon bir tekis, Yuqorilab boruvchi chizik buyicha ruy bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish oʼz ichiga yuksalish va Inqiroz davrlarini, iqtisodiydagi mikdor va sifat oʼzgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyda iqtisodiy rivojlanish kiyin aniqlanadigan jarayon boʼlganligi sababli, uning mezonlaridan biri boʼlganiqtisodiyoʼsishkoʼprok tahlil kilinadi. iqtisodiyoʼsishiqtisodiyrivojlanishning tarkibiy kismi boʼlib, oʼz ifodasini real YaIM xajmining oshishi hamdaaholi jon boshiga nisbatankoʼpayishida topadi.
Iqtisodiy oʼsishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil surʼatlarda vabir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiyoʼsish surʼatlarining jadallashish, jiddiy pasayish va xatto qiskarishdavrlari maʼlum. Аgar katta tarixiy bosqichlar olib karaladigan boʼlsa, jahon va milliy iqtisodiyda barqaroriqtisodiyoʼsish, ishlab chiqarishning har tomonlama rivojlanish manzarasi hosilboʼladi. Shu bilan birga Iqtisodiу oʼsish nafaqat mikdor, balki muayyan sifat oʼzgarishlari shaklida xam namoyon boʼladi.
Ijtimoiy mahsulotning oʼsish surʼati bilan ishlab chiqarish omillari mikdorining oʼzgarishi oʼrtasidagi nisbat Iqtisodiy oʼsishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiyoʼsishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saklanib kolgan holda ishlab chiqarish omillari mikdorining koʼpayishi tufayli erishiladi. Аytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki xissa koʼpaytirish uchun mavjud korxona bilan bir katorda urnatilgan uskunalarning kuvvati, mikdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi buyicha xuddi ushanday yana birkorxona suriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi oʼzgarmay qoladi.



Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling