1-mаvzu. “Iqtisodiy rivojlаnish nаzаriyalаri” fаn sifаtidа reja: Iqtisodiy oʼsish va iqtisodiy rivojlanish tushunchalari Iqtisodiy oʼsishning turlari


Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani


Download 15.71 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi15.71 Kb.
#1012168
1   2   3
Bog'liq
1 mavzu

3. Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani

3.Tahlil va sintez usuli. tahlil- bu urganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlilqilish. Sintez - bu urganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb sarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiytizimlar ana shu yoʼl bilan urganiladi, iqtisodiytizim butunicha tasvirlab beriladi.


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. iqtisodiy nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozoqiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bogʼlanishlar buyicha xam tahlil kilinadi.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining ahamiyatini uning maqsad va vazifalaridan anglab olishimiz mumkin.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, yaʼni xam amaliy va xam nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani makroiqtisodiy darajasida tahlil kilib, uning sohalari, koʼrsatkichlari, omillari oʼrtasidagi bogʼlanishlarni, iqtisodiy oʼsishyoʼllarini aniqlab kursatadi va davlatning ichki va tashki iqtisodiy siyosatida ilmiy asos boʼlib xizmat qiladi.
Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fanining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va xodisalarni koʼzatish, ulardagi shakl va mazmun oʼzgarishlarini, ichki bogʼlanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-koidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iktisodchi mutaxassislarga va iqtisodiy rivojlanish bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga oʼrgatishdan iboratdir.
Umuman olganda, iqtisodiy rivojlanish nazariyalari fani Iqtisodiy jarayonlar, vokea va xodisalar sirini bilishda ilmiy kullanmadir.
Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling