1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini tahlil etishda iqtisodiy 
tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

O‘rganilayotgan ob`ektga (hodisaga) to‘g’ri va xolisona baho berish; 

Korxonaning biznes rejasini tuzish uchun tegishli axborotlar bilan 
ta`minlash; 

Tuzilgan biznes rejalarning to‘g’ri va ilmiy asoslanganligiga baho 
berish; 

Har bir yo‘nalishga ta`sir etuvchi omillarni aniqlash, ularning ta`sirini 
hisoblash va shu omillarni ishning samaradorligini oshirishga safarbar 
qilish; 



Biznes 
rejaning 
bajarilishi 
natijasida 
korxonaning 
moliyaviy 
barqarorligini ta`minlanishi, uning iqtisodiy qudratini yaxshilanishi, har 
bir xo‘jalik sub`ektining raqobatbardoshliligini oshirilishi uchun mavjud 
ichki va tashqi imkoniyatlarni o‘rganish; 

Moddiy, mehnat va moliyaviy boyliklardan samarali va oqilona 
foydalanganlikka baho berish; 

Korxonaning iqtisodiy va moliyaviy potentsialiga, uning to‘lovga 
qobiliyatliligiga baho berish hamda bu natijaga tezkor chora-tadbirlarni 
qo‘llash yo‘llarini ishlab chiqish; 

Xo‘jalik hisobi tamoyillariga, tijorat hisob-kitoblariga amal qilishlikni 
muntazam tekshirib turish; 

Korxonalarda mavjud bo‘lgan samaradorlikni oshirish yo‘lida ularning 
imkoniyatlarini aniqlash; 

Korxonaning tijorat sirini saqlagan holda uning moliyaviy ahvolini keng 
jamoatchilikka ko‘rsata bilish va tashqi investorlarni korxona faoliyatini 
yaxshilashga jalb qilish; 

Korxonani boshqarishning eng qulay va nafli usullarini ishlab chiqish, 
ilg’or g’oya va tajribalarni o‘rganilayotgan hodisaga qo‘llash yo‘l-
yo‘riqlarini ko‘rsatib berish, tegishli axborotlar manbaini yetkazib 
berish; 

Eng to‘g’ri va oqilona, kelgusida ish yuritish va korxonalarni boshqarish 
bo‘yicha xulosalar berish; 

Korxonalarni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosini aniqlash; 

Rejaning bajarilishiga ob`ektiv baho berish hamda uni bajarishda 
korxonalarga bog’liq bo‘lgan va bog’liq bo‘lmagan omillar va 
sabablarni bir-biridan ajratgan holda aniqlash; 

Korxonalarning xo‘jalik faoliyati jarayonida erishishi mumkin bo‘lgan 
natijalarni oldindan aniqlash; 

Korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innavatsion g’oyalarni 
iqtisodiy jihatdan asoslash; 

Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
asosini aniqlash; 

Qabul 
qilingan 
boshqaruv 
qarorlarini 
maqbulligini 
o‘rganish 
(Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha). 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil»ning vazifasi ushbu yuqorida 
ta`kidlangan vazifalar bilan cheklanmaydi. Bozor sharoitida korxonalar faoliyati 
shu darajada serqirraki, tahlil jarayonida uning hamma jihatlarini o‘rganish lozim 


bo‘ladi. Shu sababli ham, iqtisodiy tahlilning vazifasi ham ko‘p qirralidir. Biz esa 
shu kabi vazifalarning ayrimlarini sanab o‘tdik xolos.
Ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tahlilning vazifasi bozor munosabatlari 
shakllanayotgan bugungi sharoitda ham, kelajakda ham korxonalar xo‘jalik 
faoliyatini uzluksiz yaxshilab borishi uchun iqtisodiy dastak sifatida muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling