1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/38
Sana24.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1291821
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI

Induktsiya – alohida faktlar bilimidan umum bilimlarga (ya`ni qonunlar
yoki boshqa amaliy va zaruriy aloqalarni aks ettiradigan) o‘tish usulidir. 
Deduktsiya – fikrlarni umumiylikdan xususiylikka tatbiq etish usulidir. 
Bunda, umumiy tasnifdagi qonunlar, bog’likliklar xususiy tasnifga o‘tkaziladi. 
Mazkur usullar yordamida iqtisodiy hodisalarni ham xususiy, ham umumiy 
jihatlari o‘rganilib, tegishli xulosalar olinib, amaliyotga tatbiq etiladi. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan bilishning elementlari, usullari (dialektika, analiz, 
sintez, induktsiya va deduktsiya) iqtisodiy-tahlil fanida ham iqtisodiy voqea va 
jarayonlarning o‘rganishni asosini tashkil etadi. 
Iqtisodiy tahlil aytib o‘tilgan umumiy usullar va xususiy jihatlar bilan 
birgalikda alohida fan sifatida yuzaga chiqib, korxonalarni tadqiq qilish tizimiga 
ega bo‘ladi. 
Yuqorida jahon amaliyotida bir qator iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil 
fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining 
tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining 
yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy tahlil» fani vujudga 
kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki, 
amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga 
kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil 


yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy tahlilga bo‘lgan 
munosabat tubdan o‘zgara boshladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki, amaliyotda 
iqtisodiy dastaklarning biri sifatida tahlil namoyon bo‘lmoqda. 
Respublikamizda tisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan, korxonalarning 
mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan, 
ularning mas`uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning iqtisodiy erkinligi va 
mas`uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilishni taqozo 
qiladi. 
Albatta, iqtisodiy tahlil ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali 
iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo, uning maqsadi va mohiyati, 
rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va 
bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning mazmuni esa, ma`lum darajada, 
mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan. Chunki, barcha 
mulk, uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy 
vaziyat tubdan o‘zgardi.
Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, 
ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda etadigan, 
mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda 
mazmunan yangi «Iqtisodiy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo qiladi. 
Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe 
emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining 
manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur 
fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini 
o‘zgartirishni taqozo qiladi. 
Iqtisodiy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini anglash
tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ularni ko‘p qirrali aloqa va bog’liqligini 
o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlarni paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan ob`ektiv sharoit va talablarni vujudga kelishidir.
Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlil bo‘lgan amaliy talabning 
vujudga kelishi sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ishlab 
chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko‘lamining 
kengayishidir. Bunday sharoitda rivojlanmagan oddiy korxonalarda qo‘llanilib 
kelingan tahliliy hisob – kitoblar, faraz qilishlarni qo‘llanilishi rivojlangan katta 
korxonalar sharoitiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama 
qamrab olgan kompleks iqtisodiy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni 
boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi. 


Tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5 bosqichga 
bo‘lish mumkin. Resrublikamizda «Iqtisodiy tahlil» fanining yaratilish va 
rivojlanish tarixini quyidagi chizmada ifodalab o‘tish mumkin (2-chizma). 
Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo‘yicha 
O‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Shu fanga bag’ishlangan 
qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila 
boshlandi.
Respublikamizda 60-70 yillarda tahlil fanining tashkil topishi va 
shakllanishida asosiy mavqeini samarqandlik olimlar egallaganini e`tirof etgan 
holda, 80-yillarga kelib poytaxtimiz Toshkent shahrida va respublikaning boshqa 
hududlarida ham tahlil fani sekin asta shakllandi va rivoj topa boshladi. Bu davrga 
kelib tahlil fanining rivojlanishiga mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan 
R.Radjapov, A.S.Sotivoldiev, Yo.Abdullaev, O.Maxmudov, X.Shodiev, N.Xan, 
A.Shoalimov, A.T.Ibragimov, A.Usanov, A.K.Ibragimov, B.Hasanov va boshqalar 
katta hissa qo‘shdilar. 
80-yillarda Respublikaning Samarqandda yaratilgan tahlil maktabini a`zolari 
ham o‘z an`analarini davom ettirib, yuqori va sermahsul ijod qildilar. Bu davrga 
kelib samarqandlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Pardaev va A.A.Abdievlar 
hamkorlikda «Xo‘jalik faoliyatining tahlili»ga bag’ishlangan to‘rt tomlik al bom 
yaratdilar.
1984 yilda I.T.Abdukarimov tomonidan «Matlubot kooperatsiyasi xo‘jalik 
faoliyatini tahlil qilish» nomli darslik Moskvaning «Ekonomika» nashriyotida 
chop etildi. Bu darslik Ittifoqdagi barcha kooperativ institutlariga va «Buxgalteriya 
hisobi, nazorat va xo‘jalik faoliyatining tahlili» bo‘yicha mutaxassislik 
tayyorlaydigan barcha oliy o‘quv yurtlariga tavsiya qilindi. Bu darslikni keng 
jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi. Natijada 1989 yilda ushbu darslik aynan ana 
shu nashriyotda qayta ishlangan va to‘ldirilgan variantida yangidan nashr qilingan. 
1990 yillarning boshlariga kelib respublikamizda «Iqtisodiy tahlil» faniga 
oid dastlabki o‘zbek tilidagi adabiyotlar yaratila boshlandi. Ayniqsa, bu davrga 
kelib buxgalteriya hisobidagi axborotlarni avtomatlashtirish masalalariga keng 
e`tibor qaratildi. Shu yillari hisob, tahlil, statistika va reja ma`lumotlarini 
avtomatlashtirish 
bo‘yicha 
bir 
qancha 
adabiyotlarni 
R.A.Abdullaev, 
R.I.Abdukarimov, 
N.A.Ibrohimov, 
K.U.Urazov, 
M.B.Abbosovlar 
turli 
nashriyotlarda chop ettirib keldilar.
2

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling