1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balansshunоslik Balans talqini Balansni tahlil qilish Hisоbоt tahlili Iqtisоdiy tahlil Sоtsial-iqtisоdiy tahlil
1-chizma
Moliyaviy va boshqaruv tahlili fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixini ko‘z oldimizga yaqqolroq keltirish uchun shu sohaga bag’ishlangan adabiyotlarni xronologik jihatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Kishilik jamiyati rivojlanishi davomida bir qancha tuzimlarni o‘z boshidan o‘tkazdi. Jumladan, jamiyat taraqqiyotida sotsialistik tuzum vujudga kelgandan Balansshunоslik Balans talqini Balansni tahlil qilish Hisоbоt tahlili Iqtisоdiy tahlil Sоtsial-iqtisоdiy tahlil Xo’jalik faоliyati tahlili Iqtisоdiy tahlil Mоliyaviy va bоshqaruv tahlili so‘ng tahlil fani rejali iqtisodiyotga asoslangan ko‘rsatkichlarni va buxgalteriya balansidagi moddalarni batafsilroq o‘rganishga kirishdi. Bu esa tahlil fanining ahamiyatini oshirmadi. Sobiq ittifoqda 1920 yillarga kelib, ittifoq iqtisodchi olimlaridan R.N.Xudyakov «Analiz balansa» va «Rorulyarno‘e ocherki balansovedeniya» asarlarini, N.A. Kirarisov «Osnovo‘ balansovedeniya» va «Rostroenie balansov i analiz» asarlarini chop ettirdi. Bu kitoblarda asosan iqtisodiy tahlil bir yoqlama bo‘lib, faqat buxgalteriya balansi moddalarini tahlil qilish usullari to‘g’risida fikr yuritilgan. 30-yillarga kelib tahlilning ko‘lami kengaya bordi. Tahlil qilish uchun faqat buxgalteriya balansi moddalari emas, balki xo‘jalik faoliyatining boshqa ko‘rsatkichlari ham tahlil etila boshlandi. Natijada tematik tahlil vujudga keldi va ba`zi mavzularga bag’ishlangan adabiyotlar nashrdan chiqa boshladi. Bunga misol qilib N.E.Kolosovning «Osnovo‘ ekonomicheskogo analiza sebestoimosti v predrriyatiyax» (1931 y), A.R.Aleksandrovskiyning «Kal kulyatsiya i analiz raboto‘ predpriyatiy» (1932 y), A.F.Masanovning «Balans i analiz xozyaystvennoy deyatel nosti predpriyatiy» (1934 y), A.A.Afanas yevning «Analiz otcheta promo‘shlenno‘x predpriyatiy» (1938 y) kitoblarini keltirishimiz mumkin. 1940-yillarga kelib sobiq ittifoqda «Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish» fani fan sifatida to‘liq shakllandi. Bu davrga kelib ushbu fan bo‘yicha darsliklar yaratildi va oliy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘tila boshlandi. 60-70 yillardan boshlab esa iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tahlil fani ixtisoslashib bordi va tahlil fanining bir qancha turlari vujudga keldi. Keyingi yillarda esa iqtisodiy tahlil fanining nazariyasi ustida ko‘p ishlar olib borildi va tahlil nazariyasi fan sifatida shakllandi. 80-yillarning xususiyati shundaki, bu davrda iqtisodiy tahlil fanining nazariyasini yaratish bo‘yicha xududiy maktablar vujudga keldi. Jumladan, Moskvada M.I.Bakanov va A.D.Sheremet rahbarligidagi maktab. Bular «Teoriya ekonomicheskogo analiza» kitobini 1987, 1990, 1995 va 1997 yillarda qayta nashrdan chiqardilar. Minsk olimlaridan V.V.Osmolovskiy, V.I.Strajev, L.I.Kravchenko, N.A.Rusak hamkorlikda 1989 yilda «Teoriya analiza xozyaystvennoy deyatel nosti» darsligini yaratdi. Kievlik olimlardan I.I.Karakoz va V.I.Samborskiy hamkorligida 1989 yilda «Teoriya ekonomicheskogo analiza» degan darslik yaratdilar. O‘zbekistonlik olimlardan I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardaev, M.M.To‘laxo‘jaeva, A.T.Ibragimov, A.Shoalimovlar hamkorlikda tahlil fanining o‘zbek maktabini yaratilishiga asos soldilar. Endilikda barcha MDH davlatlarida «Iqtisodiy tahlil» mustaqil fan sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilib kelinmoqda. Bu albatta korxonalar faoliyatini boshqarishda, uning moliyaviy barqarorligini va raqobatbardoshliligini ta`minlashda eng muhim tadbirlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling