1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning predmeti, vazifalari va mazmuni reja
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchidan
- Sakkizinchidan
- O‘ninchidan
Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni
va yuqori iqtisodiy o‘sish surhatlarini tahminlashimiz shart. Ikkinchidan, iqtisodiyotimiz rivojining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettiramiz. Uchinchidan, bank va moliya tizimida islohotlarni jadal davom ettirish, sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini kengjoriy etish zarur. To‘rtinchidan, fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‘lashdan manfaatdor bo‘lishi kerak. Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar jadal davom ettiriladi. Buyuk alloma Najmiddin Kubro hazratlari “Muvaffaqiyatni – sahy-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik va dangasalikda ko‘rdim”, deb bejiz aytmaganlar. Oltinchidan, iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvini keskin kamaytirish lozim. Yettinchidan, biz erkin bozor tamoyillarini o‘rnatmoqchi ekanmiz, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish orqali sog’lom raqobat muhitiniyaratishimiz shart. Sakkizinchidan, iqtisodiyotimizni jahon bozoriga integratsiya qilish va eksportni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifadir. To‘qqizinchidan, hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim. O‘ninchidan, qishloq xo‘jaligi sohasini boshqarish tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasidagi ilg’or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini tahminlash eng muhim vazifamizdir. Yuqorida sanab o‘tilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda malakali mutaxassislarning roli beqiyosdir. Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni teran baholash va ana shu asosda keyingi harakatlarni belgilab olishda iqtisodiy tahlilning roli juda kattadir. Iqtisodiy tahlil fan sifatida o‘zining rivojlanish tarixiga ega. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi rivojlanib va takomillashib borgan.Insoniyat ongi rivojlanishi natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Fikrlarning shakllanib, takomillashib borishi natijasida ma`lum bir fanlarga asos solingan. Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat tug’ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki ob`ektiv jarayonga tayanadi. Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa ob`ektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchn asar XV asrda Reguzda paydo bo‘ldi. Bupga misol qilnb Vendrikt Katrul inning 1458 yilda nashr qilingan «Savdo va xususiy savdogar» nomli kitobini keltirish mumkin. Buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan ikkinchi asar 1494 yilda Venetsiyada nashr qilingan Luka Pacholinning «Schyotlar va yozuvlar haqida»gi kitobidir. Ushbu ki-toblarda buxgalteriya hisobining savdo va kredit operatsiyalari yoritilgan. Shunday qilib, hozirgi buxgalteriya hisobi faniga o‘sha paytlarda asos solingan. Bu fan xo‘jalik yuritishda asosiy dastak sifatida hamon takomillashib va zamonaviylashib kelmoqda. Barcha fanlar qatori buxgalteriya hisobi ham o‘z tarixi davomida takomillashib, bir qancha boshqa fanlarning vujudga kelishi uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki, ishlab chiqarishning kontsentratsiyalashuvi, korxonalarning yiriklashuvi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi iqtisodiy jarayonlarning murakkablashuvi hisob ishlarini takomillashtirish zaruratini tug’dirdi. Shu bois, XVI—XVII asrlarda buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan kitoblar Gollandiya, Frantsiya, Angliya kabi mamlakatlarda chop etildi. Natijada bux-galteriya yer kurrasining bir qismida emas, balki barcha mamlakatlarda keng yoyila boshladi. Rossiyada buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan asarlar XVIII asrda paydo bo‘la boshlagan. Oldin chet el adabiyotlari rus tiliga tarjima qilingan bo‘lsa, so‘ngra rus olimlari ham bu fanga bag’ishlangan asarlarni chop etishga kirishganlar. Rus olimlarining buxgalteriya hisobiga bag’ishlangan asarlari XIX asrda paydo bo‘la boshlagan. Bunga V. S. Nemchinovning 1840 yilda nashr qilingan ikki qismdan iborat «Hisob fani» asarini misol keltirish mumkin. Bu kitobda savdo korxonalari hisobi tizimi batafsil yoritilgan.; Asta-sekinlik bilan buxgalteriya hisobining printsiplari boshqa tarmoqlar bo‘yicha ham yozila boshlagan. 1861 yilda Klinchening «Qishloq xo‘-jaligi buxgalteriyasi», 1863 yilda «Idora bo‘limi yo‘riqnomasi» kitoblari dunyoga kelgan. Bu asarlar safini F. V. yezerskiy o‘zining «Uch tizimli buxgalteriya» (1870 y.), P.I. Reynbot «Fabrika schyotchiligi» (1875 y.), A.V. Prokofyev «Ikkiyoqlama buxgalteriya kursi» (1884 y.) kitoblari bilan kengaytirgan. Shu davrdagi ishlab chiqarish taraqqiyoti iqtisodiy jarayonlarni to‘g’ri va to‘liq hisobga olishni talab qiladi. Ammo ishlab chiqarishning takomillashib borishi, korxonalar o‘rtasida erknn raqobatning vujudga kelishi buxgalteriya ma`lumotlarini chuqurroq o‘rganishni va uni to‘g’ri tushuntirish zaruratini tug’diradi. Bu esa o‘z navbatida tahlil elementlarining vujudga kelishini taqoza qildi, chunki «tijorat siri-ni» takomillashtirish borasidagi juda ko‘p savollarga buxgalteriya hisobi va statistika fani javob berishga qiynalib qoladi. Korxonalarni to‘g’ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hi-sobotlarda ifodalangan ba`zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob`ektiv asos bo‘lgan. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob`ektiv asos bo‘lgan. Tahlilning elementlari birinchi marta 1880 yillarga chiqa boshlagan «Schyotovodstvo» jurnalida paydo bo‘la boshlagan. Shunday qilib, tahlilning ba`zi elementlari mavjud bo‘lgan fan – «Balansshunoslik» fani paydo bo‘lgan. Fanning «Balansshunoslik» deb nomlanishiga asos bo‘lgan, chunki, o‘sha paytlarda xo‘jalik faoliyatining natijasi asosan buxgalteriya balansida ifoda etilgan. Balans ma`lumotlariga asosan korxonaning mablag’i yoki ular manbaining ma`lum muddatda o‘zgarishi aniqlanadi. Lekin shu o‘zgarishlar nima evaziga sodir bo‘layotganligi, ularga qaysi omillar ta`sir ko‘rsatayotganligi korxona egalari uchun muhim bo‘lib bordi. Bu esa balansdagi ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilish zaruratini vujudga keltirdi. Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelishi tarixi, bu bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shu yo‘l bilan iqtisodiy tahlil shakllandi va mustaqil fanga aylandi. Shunday qilib tahlil fani rivojlanguncha bir qancha evolyutsion yo‘llni bosib o‘tdi. Mazkur evolyutsion yo‘l orqali tahlil fani rivojlandi va takomillashib bugungi kungi holatga keldi. Ushbu fan o‘zining evolyutsion rivojlanish yo‘li davomida bir qancha nomlar bilan atalgan. Dastavval, xo‘jalik sub`ektlarining asosan balans ma`lumotlarini tahlil etish maqsadiga qaratilganligi bois sobiq ittifoq davrida tahlil fani “Balansshunoslik” deb yuritila boshlangan, ya`ni balansni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi fan deb qaralgan. Bu evolyutsion rivojlanish yo‘lini quyidagi chizmada ham ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin bo‘ladi (1-chizma). Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling