Bu kvadratning har bir qatori, ustuni va dioganalida turgan sonlarni


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1217000
Bog'liq
5-sinf(10)2020@riyoziyot ilmi



@Riyoziyot_ilmi 
1. 
Bu kvadratning har bir qatori, 
ustuni va dioganalida turgan sonlarni 
alohida-alohida yig’indisi o’zaro teng
bo’lsa, bo’sh kataklarda bo’lishi kerak 
bo’lgan sonlar yig’indisini toping. 
A) 12 B) 15 C) 13 
2. 
123,456 sonini birlar xonasigacha yaxlitlang. 
A) 123,4 B) 123,5 C) 123 
3. 
321,46501 sonini yuzdan birlar xonasigacha 
yaxlitlang. 
A) 321,5 B) 321,465 C) 321,47 
4. 
571,99987 sonini mingdan birlar xonasigacha 
yaxlitlang. 
A) 571,999 B) 572 C) 571,990 
5. 
Bu kvadratning har bir qatori, 
ustuni va dioganalida turgan sonlarni 
alohida-alohida yig’indisi o’zaro teng
bo’lsa, bo’sh kataklarda bo’lishi kerak 
bo’lgan sonlar yig’indisini toping. 
A) 48 B) 56 C) 34 
6. 
Ko’k kitning massasi 145691651g. Kitning 
massasi taxminan necha tonna? 
A) 150 t B) 146 t C) 1457 t 
7. 
Birinchi sayyoh ikki shahar orasidagi masofani 
10soatda, ikkinchisi esa 15soatda bosib o’tadi. Agar 
ular shu shaharlardan bir-biriga qarab bir vaqtda 
yo’lga chiqsalar, necha soatdan keyin uchrashadilar? 
A) 6soat B) 9soat C) 5soat 
8. 
To’rtta sonning yig’indisi 16,712ga teng. 
Ikkinchi son 3,062ga teng va u birinchi sondan 
1,922ga, uchinchi sondan esa 0,18ga ortiq. 
To’rtinchi son uchinchi sondan qanchaga ortiq? 
A) 6,816 B) 6,636 C) 8,628 
9. 
Shahobiddinning kitob javonida 150ta kitob 
mavjud. Javonidagi o’qigan kitoblari o’qimagan 
kitoblaridan 4 marta ko’p bo’lsa, o’qigan kitoblari 
sonini toping. 
A) 120ta B) 30ta C) 40ta 
10. 
Hovuz 6 soatda suv bilan to’ladi. 1soat-u 20 
daqiqada hovuzning qanday qismi suv bilan to’ladi? 
A) 
2
9
B) 
120
360
C) 
2
90
11. 
Bir kishi bozorga tuxum olib keldi, birinchi 
xaridorga tuxumlarning yarmini va yana bitta, ikkinchi 
xaridorga qolgan tuxumlarning yarmini va yana bitta 
tuxum sotdi. Shundan so’ng unda 14ta tuxum qoldi. 
Sotuvchi bozorga hammasi bo’lib nechta dona tuxum 
olib kelgan? 
A) 60 B) 42 C) 62 
12. 
17,75∙919 ko’paytmani hisoblang. 
A) 16212,25 B) 17312,25 C) 16312,25 
13. 
0,1234∙100 ko’paytmani hisoblang. 
A) 123,4 B) 1,234 C) 12,34 
14. 
13,211∙100000 ko’paytmani hisoblang. 
A) 1321100 B) 132110 C) 13211 
15. 
1,84:8 bo’linmani toping. 
A) 0,23 B) 23 C) 2,3 
16. 
Elektr plita 1soatda 1,5 kilovatt elektr quvvatini 
iste’mol qiladi. 1 litr suv plitada 13 daqiqada qaynaydi. 
Bunga necha kilovatt∙soat elektr energiyasi sarflanadi? 
A) 32,5 B) 0,325 C) 3,25 
17. 
571:100 bo’linmani toping. 
A) 5,71 B) 0,571 C) 57,1 
18. 
1,2345:1000 bo’linmani toping. 
A)0,0012345 B)0,12345 C) 1234,5 
19. 
12650000 sonini millionlarda ifodalang. 
A) 1,265million B) 126,5million C) 12,65million 
20. 
83
25
kasrni o’nli kasr ko’rinishida ifodalang. 
A) 3
8
25
B) 3,32 C) 3,04 
21. 
534 ∙ (𝑋 + 1,2) = 961,2
tenglamani yeching. 
A) yechimi yo’q B) 0,6 C) 1,2 
22. 
1,54∙31,125 ko’paytmani hisoblang. 
A) 45,57122 B) 46,97412 C) 47,9325
10-test 
O’nli kasrlar ustida amallar bajarish qoidalarini XV asr 
boshida Samarqanddagi Ulug’bek maktabining mashhur 
namoyandasi, sharqning buyuk matematik olimi 
Jamshid G’iyosiddin al-Koshiy(1385-1430) o’zining, 
<>(Hisob ilmi kaliti) deb nomlangan 
asarida bayon qilgan. Bu haqda yevropaliklar bexabar 
bo’lishgan. Yevropaga o’nli kasrlar 150 yildan keyin 
kirib kelgan. Niderlandiyalik muhandis va olim Simon 
Sitven o’nli kasrlar yozuvini qaytadan kashf etgan. 
Lekin Sitven o’nli kasrlarni murakkab tarzda belgilagan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling