1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi


Download 0.59 Mb.
bet11/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Iqtisodiy tahlil metodologiyasi haqida tushuncha va uning asosiy elementlari tavsifi

Fan metodologiyasi o‘zida predmetni anglashga yo‘naltirilgan prinsiplar, usullar va metodlar, qoidalar tizimini aks ettiradi. Bilish faoliyati jarayonini yaxlit tadqiq etuvchi anglash nazariyasidan metodologiya shunisi bilan farq qiladiki, u anglash metodlariga ko‘proq diqqatni qaratadi. Agar fan nazariyasi o‘zida bilish jarayoni natijasini aks ettirsa, u holda metodologiya ushbu bilimlarga erishish usuli va tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiruvchi asos sanaladi.



Fan metodologiyasining asosiy tarkibiy qismlari – bu predmetni o‘rganish yondashuvining umumiy prinsiplari va uni tadqiq qilishning aniq metodikasini ishlab chiqishdir.
Turli fanlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan o‘z predmetini o‘rganishga yondashuv usullari (jumladan, iqtisodiy tahlil ham) bilishning umumiy dialektik metodiga asoslanadi.
Bilishning dialektik metodi barcha hodisa va jarayonlarni uzluksiz harakatda, o‘zgarish va taraqqiyotda ko‘rib chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Hech narsa o‘z o‘rnida turmaydi, barchasi harakat qiladi, barchasi o‘zgaradi. Har kun, har soat, har daqiqada korxona iqtisodiyotida o‘zgarish sodir bo‘lib, ular taqqoslash jarayonida anglanadi. Muntazam taqqoslashning zarurati – iqtisodiy tahlil tavsifli jihatlaridan biridir. Taqqoslash iqtisodiy tahlilda juda keng qo‘llaniladi: faoliyatning haqiqiy natijalari o‘tgan yillar natijalari bilan boshqa korxonalarning erishgan yutuqlari, maqsadli va prognoz parametrlar, me’yoriy ma’lumotlar va boshqalar bilan solishtiriladi.
Dialektik metod prinsiplari bilan mutanosiblikda har bir jarayon, har bir hodisa qarama-qarshilik kurashi va birligi sifatida ko‘rib chiqilishi zarur. Bu tamoyil har bir jarayon, har bir hodisaning ichki qarama-qarshiligi, ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganish zaruratini taqozo etadi. Bu ham iqtisodiy tahlilning tavsifli jihatlaridan biridir. Masalan, texnik yangilanishlar mehnat unumdorligining o‘sishi, rentabellik va boshqa ko‘rsatkichlar darajasi oshishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, lekin bunda uning atrof-muhitni ifloslantirishi kabi salbiy oqibatlarini ham yodda tutish lozim.
Tahlilda dialektik metoddan foydalanish korxonaning xo‘jalik faoliyatini o‘rganish barcha o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olgan holda olib borilishi lozimligini anglatadi. Hech bir hodisa agar u boshqalardan ajratilgan holda ko‘rib chiqilsa, to‘g‘ri tushunilishi mumkin emas. Misol uchun, yangi texnikani joriy etishning
mahsulot ishlab chiqarish tannarxi darajasiga ta’sirini o‘rganishda nafaqat bevosita, balki bilvosita aloqani ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, yangi texnika joriy etilishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari, demak mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi. Lekin bu holat mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ish haqidan tejalishiga va shu omil tufayli mahsulot ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi. Demak, u yoki bu iqtisodiy hodisani anglash va to‘g‘ri baholash uchun barcha o‘zaro aloqalarning boshqa hodisalar bilan o‘zaro bog‘liq- liklarini o‘rganish zarur. Bu ham iqtisodiy tahlilning metodologik jihatlaridan biridir.
Shuningdek, tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri uning nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish, balki ularga miqdoriy tavsif berishi, ya’ni faoliyat natijalariga omillar ta’sirini miqdoran o‘lchashni ta’minlash sanaladi. Bu analitik tadqiqotlar darajasini oshiradi.
Tahlilda sabab aloqalarini o‘rganish va o‘lchashni induksiya va deduksiya metodi bilan amalga oshirish mumkin. Mantiqiy induksiya ko‘magida sabab aloqalarini o‘rganish usuli shundan iboratki, tadqiqot xususiydan umumiy tomon, xususiy dalillardan umumlashtirish, sababdan natija tomon olib boriladi. Deduksiya – shunday usulki, bunda tadqiqot umumiy dalillardan xususiyga, natijalardan sababga tomon amalga oshiriladi. Iqtisodiy tahlilda ham u ham bu yondashuvdan foydalaniladi. Induksiya metodlari barcha ko‘rsatkichlarning alohida omillarga nisbatan o‘zgarishidagi ta’sirchanlikni kompleks baholash uchun qo‘llaniladi. Deduksiya yordamida tadqiq etilayotgan natijaviy ko‘rsatkichni shakllantiruvchi butun kompleks omillar tadqiq qilinadi.
Bilishning dialektik metodiga muvofiq har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizim va tizimga o‘zaro bog‘liq elementlar majmuasi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Bularning har biri uning rivojlanishi uchun munosib hissa qo‘shadi. Tizim elementlaridan biriga ichki yoki tashqi tavsifidagi ixtiyoriy ta’sir uning boshqa elementlarida ham o‘z aksini topadi. Bundan tahlil obyektlarini o‘rganishga tizimli yondashuv zarurati kelib chiqadi, bu tadqiqot metodologiyasining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tizimli yondashuv tahlil obyektini chuqur o‘rganishga, u haqida yanada to‘liq va yaxlit tasavvur olishga, bu obyektning alohida qismlari o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
Tizimli yondashuvning asosiy xususiyati – dinamizm, o‘zaro ta’sir, o‘zaro bog‘liqlik, tizim elementlarining o‘zaro aloqasi, komplekslilik, yaxlitlilik, tobelik, yetakchi bo‘g‘in ajratilishi kabilardir.
Tizimli yondashuv elementlari o‘rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning maksimal detallashtirish (xususiy tahlil) va ularning tizimlashtirilishini ko‘zda tutadi. U yoki bu hodisalarni detallashtirish (tarkibiy qismlarga ajratish) o‘rganilayotgan obyektda yanada jiddiy va asosiysini aniqlash uchun zarur bo‘lgan darajada olib boriladi. U obyekt va tahlil maqsadiga bog‘liq. Bu iqtisodiy tahlildagi murakkab vazifa bo‘lib, analitikdan iqtisodiy hodisalar mohiyati, shuningdek, ularning rivojlanishini aniqlovchi omil va sabablar haqida aniq bilimlar talab qiladi.
Tizim elementlarini tizimlashtirish ularning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro
ta’sirini o‘rganish asosida amalga oshiriladi. Bu asosiy komponentlarni, funksiyalarni, tizim elementlari tobeligini aniqlashga, o‘rganilayotgan obyekt (tizim)ning taxminiy tuzilishli-mantiqiy tahlil modelini tuzishga imkon beradi. Grafik jihatda u odatda rasm ko‘rinishida taqdim bo‘ladi, bu yerda har bir elementga muayyan blok mos keladi. Alohida bloklar o‘zaro strelkalar bilan bog‘liq, ular ichki va tashqi tizim aloqalari mavjudligi va yo‘nalishini ko‘rsatadi. Tuzilishli-mantiqiy chizmalar asosida matematik bog‘liqlik shakllari belgilanadi, tizimning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tavsiflovchi matematik modellar tuziladi, ularning parametrlari aniqlanadi. Tizimlashtirish tahlildagi o‘ta mas’uli- yatli davr hisoblanadi. Bu jarayonda doimiy omillarni tasodifiylaridan ajratish, ko‘plab o‘rganilayotgan omillarning to‘plamidan faoliyat natijalari bog‘liq bo‘lgan asosiylarini aniqlash zarur.
Iqtisodiy tahlilning yuqorida qayd qilingan tomonlar bilan bevosita shartlangan muhim metodologik jihati, korxonaning xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini kompleks, tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish hisoblanadi.
Tahlilda tizimli bilan bir qatorda vaziyatli yondashuv mavjud, unga muvofiq amalga oshirish belgilangan funksiyani inqirozli hodisalardan ogohlantirish maqsadida boshqarilishi lozim bo‘lgan vaziyat tashkil etadi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yuzaga kelgan vaziyatni baholash va uning istiqbolda rivojlanishini prognozlash zarur. Vaziyatli yondashuvning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u tizimli tahlilning asosiy g‘oyalarini rivojlantirib, eng ahamiyatli tizim parametrlarini, eng dolzarb omillarni ajratadi, qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali usullar bilan erishish mumkin bo‘lganlariga ta’sir ko‘rsatadi. Vaziyatli yondashuv hozirgi vaqtda iqtisodiy tahlilni rivojlantirish metodologiya va me- todikasining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sanaladi.


        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling