1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Moddiy zaxiralar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlili
Download 0.59 Mb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org
5. Moddiy zaxiralar va ulardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahliliModdiy zaxiralar ishlab chiqarish faoliyatining muayyan bosqichida foydalanishda bo‘lgan, shu jarayonda iste’mol etilgan, ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat) tarkibiy asosini tashkil etadigan hamda uning tannarxiga o‘z qiymatini to‘liq o‘tkazadigan mablag‘ardan tashkil topadi. Iqtisodiy tahlilda moddiy zaxiralar holati va ulardan foydalanish darajasini ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmat) tannarxiga nisbatan o‘rganiladi. Mazkur mablag‘lardan noishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishdan tashqari jarayonlarda foydalanish esa korxona sarflarining alohida tarkib qatori sifatida qaraladi.
moddiy resurslar ta’minoti rejasining bajarilishiga baho berish; resurslar va ular bo‘yicha me’yorlarga qat’iy amal etilishini o‘rganish; moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanishning darajasiga baho berish; moddiy aylanma mablag‘lar aylanishini o‘rganish; muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishini omilli tahlil etish; mahsulot hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi mehnat ashyolari bilan bog‘liq bo‘lgan omillarni o‘rganish; ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida mehnat ashyolarining salmoq ko‘rsatkichlarini o‘rganish va shu kabilar. Moddiy zaxiralardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi: material sig‘imi ko‘rsatkichi; material qaytimi ko‘rsatkichi. Material sig‘imi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishga sarflangan material xa- rajatlarni yoki moddiy resurslar qiymatini mahsulot hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga nisbati bilan aniqlanadi. Unga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich material qaytimini tavsiflaydi. Ularning hisob-kitobini quyidagicha ifoda etiladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling