1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Download 0.59 Mb.
bet21/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

3.7-jadval

Don ekinlari hosildorligining tuproq sifatiga bog‘liqligi




Xo‘jalik nomeri


Tuproq sifati, ball


Hosildorlik, s/ga

1

31

40

2

32

42

3

33

43

4

34

43

5

35

44

6

36

44

7

37

46

8

38

47

9

39

48

10

40

48

Boshqaruv qarorlarining turli variantlarini qiyoslash oldindan tahlilda reja va boshqaruv qarorlari asoslangan holda keng qo‘llaniladi. Qaror qabul qilishda uning barcha ehtimoliy variantlarini ko‘rib chiqish va qo‘yilgan maqsadlarga yanada samarali usulda erishilishini ta’minlovchi eng yaxshi variantini tanlash uchun zarur.

Turli ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini tadqiq qilinayotgan vaqt davri uchun qiyoslash iqtisodiy tahlilda aniq sharoit va vaqt intervalida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish tavsifini o‘rganish uchun foydalaniladi. Misol uchun, mehnat unumdorligining oshib borish qonuni mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarini mehnat haqi o‘sish sur’atidan yuqoriroq bo‘lishini hamda shu tartibda
davom etishini talab qiladi. Korxonaning iqtisodiy barqaror rivojlanishi ta’minlash uchun korxona tushumining o‘sish sur’atlari uning aktivlarining o‘sish sur’atlari- dan, foydasining o‘sish sur’atlari esa – tushum o‘sish sur’atlaridan yuqoriroq bo‘lishini talab qiladi. Agar bu qonunga doimo rioya qilinsa, u holda korxona o‘zining bozor pozitsiyasini mustahkamlash uchun yaxshi istiqbolga ega yoki aksincha.
Turli vaqt davrlari uchun ayni bir ko‘rsatkichning o‘sish sur’atlarini qiyoslash resurslardan turli vaqt kesimida (yil, kvartal, oy, kun, soat) foydalanish to‘liqligini baholashga imkon beradi. Misol uchun, agar o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish o‘sish sur’ati o‘rtacha kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur’atidan oshsa, u holda bu ish vaqtining ichki smena yo‘qotishlari o‘sishidan guvohlik beradi. Agar kunlik ishlab chiqarish o‘sish sur’ati o‘rtacha yillik ishlab chiqarish o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lsa, u holda bu kun bo‘yi rejadan ortiqcha ish vaqti yo‘qotishlariga izoh bo‘la oladi.
Omillarning ta’sirini hisoblash uchun omillarni faoliyat boshlashidan oldingi va so‘nggi holati o‘zaro taqqoslanadi.


        1. Download 0.59 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling