1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Download 0.59 Mb.
bet19/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

3.2-jadval

_oy uchun mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejaning bajarilishi




Mahsulot turi


Ishlab chiqarish hajmi, mln so‘m


Rejadan og‘ish (+;)


reja

haqiqatda

mutlaq, mln so‘m.


nisbiy, %


A

300

327

+27

+9,0

B

250

225

–25

–10,0

va hokazo










Jami

550

552

+2

+0,4

O‘tgan davrning haqiqatdagi ma’lumotlari reja ko‘rsatkichlarining asoslanganligini tekshirish uchun foydalaniladi. Buning uchun o‘tgan 5-6 yil haqiqatdagi ma’lumotlarining o‘rtachasi joriy yilning reja ma’lumotlari bilan qiyoslanadi.

3.3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki, reja bo‘yicha A turdagi mahsulot ishlab chiqarish yetarlicha asoslangan hisoblanadi. B turdagi mahsulot esa to‘rt davr o‘rtachasidan oshiqcha bo‘lib, bozor talabiga ham mos tushmagan. Shuning uchun mazkur ko‘rsatkich +39 (250–211) mln so‘mga ko‘p belgilangan. Joriy yil rejaviy ko‘rsatkichlarining bajarilish holatini 3.2-jadvaldan bilib olsa bo‘ladi.



3.3-jadval

Mahsulot ishlab chiqarish (taqqoslama narxlarda), mln so‘m



Mahsulot turi


O‘tgan yillar


To‘rt davr uchun


o‘rtachasi

Reja
(kelgusi davr)




1

2

3

4





A

280

300

300

320

300

300

B

200

205

218

221

211

250

va hokazo














Jami

480

505

518

541

511

550

Ko‘rsatkichlarning haqiqatdagi darajasini rejadagi bilan qiyoslash korxona faoliyati samaradorligini oshirishda foydalanilmagan zaxiralarni aniqlash uchun ham zarur. Agar reja bo‘yicha qandaydir tadbir bajarilmagan bo‘lsa, u holda buni mahsulot ishlab chiqarish o‘sishida, uning tannarxini pasaytirish, foyda va rentabelligi o‘sishini foydalanilmagan zaxiralar sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Misol uchun, aniq B mahsulot bo‘yicha innovatsion chora-tadbirlar rejasining bajarilishi (3.4-jadval).

3.4-jadval

Innovatsion chora-tadbirlar rejasining bajarilishi, mln so‘m


Tadbirlar


Reja bo‘yicha


Haqiqatdagi


Rejadan mutlaq og‘ishish (+; –)


Reja bajarilishi (+;–), %


Uskunalar modernizatsiyasi


30

22

–8

–26

O‘rganilayotgan holatda yangi texnologiyalar joriy etish va uskunalar modernizatsiyasi bo‘yicha reja bajarilmagan. Ushbu omillarning mehnat unumdorligi o‘sishiga ta’sirini bilgan holda, shunga bog‘liq ravishda mahsulotlar hajmi qanchalik kamayganini hisoblash qiyin emas.

Iqtisodiy tahlilda u yoki bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha erishilgan darajasini istiqbolli reja-prognoz ma’lumotlari bilan taqqoslash ham muhim ahamiyat ega. Bunday taqqoslash istiqbolli reja bajarilishi jarayonini, haqiqatdagi natijalarning kutilgandan og‘ishini va kelgusi davr vazifalarini oldindan ko‘rishga imkon beradi. Analitik ishlar amaliyotida haqiqatdagi natijalarni tasdiqlangan me’yor va standartlar bilan taqqoslashda keng foydalaniladi (3.5-jadval), u mahsulot ishlab chiqarish resurslarining tejalishi yoki sarfi oshganligini aniqlash, ulardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanish samaradorligini baholash, mahsulot chiqishining o‘sishi va uning tannarxini pasaytirishda foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash
uchun zarur.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling