1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Zanjirli bog‘lanish usuli
Download 0.59 Mb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org
Zanjirli bog‘lanish usuliIqtisodiy tahlilda o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va mazkur o‘zgarishni yuzaga keltirgan asosiy omillarning turi hamda ularning alohida olingan ta’sir miqdorlari aniq hisob-kitob qilinadi. Bu bilan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir qildi hamda ularning har birini ta’sir miqdori qanchani tashkil etdi, degan savolga oydinlik kiritiladi. Ushbu turdagi masalalarni hal qilishda zanjirli bog‘lanish usulidan keng foydalaniladi. Ta’kidlash kerakki, zanjirli bog‘lanish usulida tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlar o‘zaro qat’iy funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi. Ya’ni bir yoki bir necha ko‘rsatkich ta’sirida natijaviy ko‘rsatkich yuzaga chiqishi kerak. Zanjirli bog‘lanish usulida o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga ta’sir etgan omillarni tartib asosida aniqlashtirilib, har bir alohida olingan omilni o‘zining o‘zgargan holatini saqlab qolgan holda boshqa omillarning dastlabki holatini shartli o‘zgarmas tarzida olib qolib, ya’ni xolislantirib belgilangan matematik amallarni bajarish bilan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga faqat bir omil (o‘zgargan holatdagi omil) ta’siri hisob-kitob qiladi. Hisoblash ishining keyingi jarayonlarida boshqa omillar ham shu tartibda o‘rganiladi. Faqat yakuniy natijaga ta’siri o‘rganilgan omil o‘zidan keyingi omilni (yoki omillarni) yakuniy natijaga ta’sirini hisoblashda xolislantirilmaydi. Balki, ular haqiyqiy o‘zgarish holatida olinadi. Chunki dastlabki bosqichda ta’siri hisob-kitob qilingan omil (yoki omillar) yakuniy natija o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib bo‘lgan deb qaraladi. Ushbu tartib oxirgi omilning yakuniy natijaga ta’sirini hisob-kitob qilgunga qadar davom etadi. Shu usulda har bir omil bosqichma-bosqich almashtirilib, ularning yakuniy natijaga ta’sirlari alohida-alohida aniqlanadi. Alohida-alohida hisoblangan ta’sir miqdorlari o‘zaro qo‘shib yoki ayirilganda (bu holat vaziyatga ko‘ra amalga oshiriladi) yakuniy natijani o‘zgarish miqdoriga teng bo‘ladi. Mana shu tartibdagi hisob-kitoblar zanjirli bog‘lanish usuliga xos bo‘lib, uning mazmunini tashkil etadi. Zanjirli bog‘lanish usuli mohiyatini amaliy misolda yanada yaqqolroq ko‘rish mumkin.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling