1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Iqtisodiy tahlilda balans usuli


Download 0.59 Mb.
bet31/82
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816857
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org

Iqtisodiy tahlilda balans usuli

Balans usuli o‘zaro bog‘liq va tenglangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ikki guruhi mutanosibliklarini aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu usul buxgalterlik hisobi va rejalashtirish amaliyotida keng tarqalgan. Lekin u iqtisodiy tahlilda ham muayyan ahamiyat kasb etadi, xususan, korxonaning mehnat, moliyaviy resurs, xomashyo, yonilg‘i, material, asosiy ishlab chiqarish vositalari va boshqalar bilan

ta’minlanganligi tahlilida keng foydalaniladi. Misol uchun, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi aniqlash maqsadida, mehnat resurslari bo‘yicha balans tuziladi. Unda bir tomondan, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, boshqa tomondan – ularning haqiqatdagi mavjudligi ko‘rsatiladi. Mehnat resurslaridan foydalanish tahlilida ish vaqtining ehtimoliy fondi haqiqatdagi ishlangan soatlar miqdori bilan taqqoslanadi. Chorva hayvonlarining ozuqa bilan ta’minlanganligini aniqlash uchun ozuqa balansi ishlab chiqiladi, Unda bir tomondan, ozuqaga bo‘lgan rejaviy ehtiyoj ko‘rsatilsa, boshqa tomondan – uning haqiqatda mavjudligi ko‘rsatiladi. Korxonaning to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun to‘lov balansi tuziladi, unda to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari o‘zaro taqqoslanadi.
Qo‘shimcha vositalar sifatida iqtisodiy tahlilda balans metodi natijaviy ko‘rsatkichlar kattaliklari o‘sishiga turli omillarning ta’siri aniqlash to‘g‘riligini tekshirish uchun foydalaniladi. Determinatsiyalashgan tahlilda alohida omillarning ta’sir kattaliklari algebraik summasi natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sish kattaligiga mos kelishi lozim.
Balans usuli additiv omilli model tuzishda foydalanilishi mumkin. Misol uchun, tovar balansi Ta = Tyb + Tk – Tyo.

3.18-jadval

Tovar aylanish hajmi tahlili







Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling