1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Stoxastik bog‘lanish tushunchasi va korrelyatsiya tahlilining vazifasi
Download 0.59 Mb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org
Stoxastik bog‘lanish tushunchasi va korrelyatsiya tahlilining vazifasiYuqorida determinatsiyalangan omillar tahlili masalasini yechish usuli ko‘rildi. Biroq amaliyotdan ma’lumki, iqtisodiy ko‘rinish va jarayonlarning hammasi ham bu usul bo‘yicha o‘rganilmaydi. Shu bilan birga, ko‘p hollarda ularni funksional bog‘lanishga keltirib bo‘lmaydi. Iqtisodiy tadqiqotlarda taxminiyligi va noma’lumligi bilan ajralib turuvchi stoxastik bog‘liqliklar tez-tez uchrab turadi. Ular faqat katta miqdordagi obyektlar (kuzatuvlar)dagina namoyon bo‘ladi. Bu yerda har bir omil ko‘rsatkichiga (argumentning) bir nechta natijaviy ko‘rsatkichlar (funksiyaning) qiymati mos kelishi mumkin. Masalan, ishchilar mehnatni rag‘batlantirishning oshirilishi turli korxonalarda mehnat unumdorligini, hatto, tenglashtirilgan boshqa vaziyatlarda ham turlicha o‘sishiga olib keladi. Buni mehnat unumdorligiga bog‘liq barcha omillar o‘zaro bog‘liq holda ta’sir qilishi bilan tushuntirish mumkin. Optimallik darajasi bo‘yicha turli omillarning birikmasi ularning har birining natijaviy ko‘rsatkichlar kattaligiga ta’sir darajasiga bog‘liq.
o‘rganilayotgan omillar va natijaviy ko‘rsatkichlar haqida tanlanadigan ma’lumotlarning yetarlicha ko‘pligi (dinamikada yoki joriy yil uchun bir turdagi obyektlarning majmui); o‘rganilayotgan omillar sonli o‘lchamda bo‘lishi va axborotning u yoki bu manbayida aks etishi. Korrelyatsion tahlilni qo‘llash quyidagi masalalarni yechish imkonini beradi: bir yoki bir nechta omillar ta’siri ostida bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishini aniqlash (mutlaq o‘lchamda), ya’ni omillarning birlikka o‘zgarishida natijaviy ko‘rsatkich kattaligi necha birlikka o‘zgarganini aniqlash; har bir omildan natijaviy ko‘rsatkichning nisbiy bog‘lanish darajasini o‘rnatish. Korrelyatsion bog‘lanishlarni o‘rganish tahlilda katta ahamiyatga ega. Bu omilli tahlilning chuqurlashayotganida, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar darajasining shakllanishida har bir omilning ahamiyati va o‘rni aniqlanayotganligida, o‘rganilayotgan holat to‘g‘risidagi bilimlarning chuqurlashayotganligida, ularning rivojlanish qonuniyatlari va nihoyada aniq isbotlangan rejalarning aniqlanayotganligida, korxona faoliyati natijalari obyektivroq baholanayotganligida va ichki xo‘jalik zaxiralari to‘laroq aniqlanayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling