1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
D) Ko‘p miqdorli korrelyatsiya tahlili metodikasi
Download 0.59 Mb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va-www.hozir.org
D) Ko‘p miqdorli korrelyatsiya tahlili metodikasiKorxonaning xo‘jalik faoliyatidagi iqtisodiy holatlari va jarayonlari ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Bu kabi kompleks omillarning o‘zaro bog‘lanishlari o‘rganilayotgan holatni to‘liqroqtavsiflaydi.
Birinchi navbatda, ko‘rsatkichlar orasidagi sababli bog‘lanishlarni hisobga olish zarur, negaki, faqat ulargina o‘rganilayotgan holat mohiyatini ochib beradi. Natijaviy ko‘rsatkichli matematik munosabatlarda joylashgan bu kabi omillarning tahlili unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Ko‘p omilli korrelyatsion model yaratishda amalda qilib bo‘lmaydigan barcha shart va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan, natijaviy ko‘rsatkichlarga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadigan eng muhim omillarni tanlab olish zarur. Styudent bo‘yicha kam jadvalli, ishonchlilik mezoniga ega bo‘lgan omillarni hisobga olish tavsiya qilinmaydi. Chiziqli turdagi korrelyatsion modellarga egri chiziqli xarakterga ega bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkich bilan bog‘lanishli omillarni qo‘shish tavsiya etilmaydi. Korrelyatsion modelga o‘zaro bog‘langan omillarni qo‘shish mumkin emas. Agar ikkita omil o‘rtasidagi juft korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,85 dan ko‘p bo‘lsa, korrelyatsion tahlil qoidasiga ko‘ra bittasini chiqarib tashlash kerak, aks holda, natijaviy ko‘rsatkichni xau holda bo‘lishiga olib keladi. Korrelyatsion modelga funksional xarakterdagi natijaviy ko‘rsatkich bog‘lanishli omillarni korrelyatsion modelga qo‘shish tavsiya etilmaydi. Korrelyatsion model uchun omillarni saralashda analitik guruhlash, parallel va dinamik qatorlarni solishtirish, chiziqli grafiklar katta yordam beradi. Ular yordamida o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanish mavjudligi, shakli va yo‘nalishini aniqlash mumkin. Omillarni saralashni Student mezoni bo‘yicha qiymatlarni baholash asosida korrelyatsion tahlil masalasini yechish jarayonida ham amalga oshirish mumkin. Sanab o‘tilgan shartlarni hisobga olgan holda va omillarni saralash usullarini qo‘llagan holda ko‘p omilli korrelyatsion modelning ko‘rsatkich darajasi (Y) uchun uning darajasiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillar tanlab olingan. x1 – material sig‘imi, so‘m; x2 – fond sig‘imi, so‘m; x3 – mehnat unumdorligi, ming so‘m; x4 – korxona aylanma mablag‘ining aylanish davri, kun; x5 – yuqori sifatli mahsulotning solishtirma salmog‘i, % va shu kabilar. Modomiki, korrelyatsion bog‘lanish ko‘p sonli kuzatuvlarda to‘laligicha namoyon bo‘lar ekan, ma’lumotlarni tanlab olish hajmi yetarlicha katta bo‘lishi kerak, negaki ko‘p sonli kuzatuvlardagina boshqa omillarning ta’siri tekislanadi. O‘rganilayotgan obyektlar majmui qanchalik ko‘p bo‘lsa, natijalar tahlili shunchalik aniq bo‘ladi. Bu shartni hisobga olgan holda sanab o‘tilgan omillarning rentabellik darajasiga ta’siri yetarlicha N ta korxona misolida o‘rganilishi zarur. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling