1-mavzu. Materiyada moddalarni mavjudligi va ularni xarakatlarinishi. (2 soat) Reja
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза -1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.KIMYO FANI VA UNING VAZIFALARI. FAN SIFATIDA RIVOJLANISH TARIXI
1-mavzu. Materiyada moddalarni mavjudligi va ularni xarakatlarinishi. (2 soat) Reja: 1.Tabiatda moddalarni tarqalishi va uni yaratilish bosqchlari. 2.Moddani materiyada ko„rinishi va uning xossalari. 3.Laboratoriya va Sanoatda moddalarni olinish usullari . Moddalarning qattiq, suyuq, bugʻ (gaz) holatlari, ularning mavjud boʻlish shart- sharoitlari va oʻziga xos xususiyatlari. Bugʻ va gaz holatlari oʻrtasidagi farq. Kritik temperatura va kritik parametrlar. Moddalarning plazma holati va plazmalarning xillari. Termoyadro sintez. Moddalarning kristall va amorf holatlardagi oʻziga xos xususiyatlari. Kristallanishning shart-sharoitlari. Nanozarralar. Fraktallar. Kristallarda uzoq tartibning mavjudligi. Suyuq kristallar toʻgʻrisida tushuncha. Oʻta past temperaturalar holati. Oʻta oquvchanlik. 1- va 2-tur fazaviy oʻtishlar. 1.1.KIMYO FANI VA UNING VAZIFALARI. FAN SIFATIDA RIVOJLANISH TARIXI Kimyo fani - tabiatni o'rganuvchi fanlardan biridir. Kimyo fani tabiatni bir - butunligini, jismlar va hodisalar orasida bog'liqlik, u materiyadan iborat ekanligini o'rganuvchi fandir. Materiyaning harakat formalari har xildir. Jismlarning qizishi va sovishi, nur sochish, elektr toki, kimyoviy o'zgarishlarning hammasi materiya harakatining turli formalaridir. Materiya hech qachon yo'qolmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, u faqat bir turdan ikkinchi turga o'tib turadi. Kimyo – moddalarning tarkibi, tuzilishi va xossalarini, ularning o'zgarishlarini hamda moddalarning o'zgarishida sodir bo'ladigan hodisalarni o'rganadigan fandir. Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir. Tabiatdagi yer, suv, havo, osmon jismlari, jonli va jonsiz barcha mavjudodlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro‟zg‟or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tarkib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma‟lum bo‟lgan 118 ta kimyoviy elementning u yoki bu tarzda birikishidan hosil bo‟lgan birikmalardir. Kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o‟zgarishlar natijasida hosil bo‟lgan moddalarning xossalarini o‟rganadi, ulardan foydalanish yo‟llarini aniqlaydi va insoniyat uchun muhim bo‟lgan moddalarni topishda ishtirok etadi. Tabiatda mavjud bo‟lmagan, sintetik yo‟l bilan hosil qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalarning ko‟plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir. Tabiiy va sintetik moddalardan kimyoviy usul yordamida inson organizmi uchun sun‟iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo‟lgan anjomlar qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini o‟rganish orqali amalga oshiriladi. Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin bo‟lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo‟layotgan o‟zgarishlarning mohiyatini tushinish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o‟zgarishlari qonuniyatlarini bilishimiz kerak. Kimyoviy moddalar va ulardagi o‟zgarishlardan insoniyat o‟z ehtiyojlari uchun qadimdan foydalanib kelgan. Xitoyda, Misrda, Markaziy Osiyoda qishloq xo‟jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‟yoqlar ishlab chiqarishda, me‟moriy obidalarni barpo etishda, kiyim-kechak tayyorlashda kimyoviy moddalar va hodisalardan keng foydalangan. Kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri, moddalarni o'rganib, shu moddalardan xalq xo'jaligida foydalanish sohalarini oldindan aytib berish bo'lsa, ikkinchisi xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan yangi moddalarni yaratishdan iborat. Hozirgi jamiyat hayotida kimyoning roli beqiyosdir. Xalq xo'jaligining hamma sohalarini rivojlanishi kimyoning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Sanoatimizda kimyoning yutuqlaridan foydalanib, yuqori sifatli mahsus po'latlar, qattiq va o'ta qattiq qotishmalar, sintetik kauchuk, plastmassalar, sun'iy va sintetik tolalar, mineral o'g'itlar, motor yoqilg'isi, dori-darmonlar, bo'yoqlar, portlovchi moddalar va hokazolar ishlab chiqarilmoqda. Tabiatda mavjud bo'lmagan moddalarni laboratoriya sharoitlarida va sanoat miqyosida sintez qilinmoqda. Kimyo sohasidagi yutuqlar yangi foydali moddalar sonini ko'paytiribgina qolmay, balki ulardan foydalanish sohasini ham kengaytiradi, shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, chiqindisiz texnologiyaga o'tishga imkon beradi. Yog'och qipig'idan foydalanib etil spirti va boshqa mahsulotlar olish, paxta lintidan karboksimetil-sellyuloza (KMS) olish va hokazolar bunga misol bo'ladi. Shunday qilib, kimyo - butun xalq xo'jaligini rivojlantirishning muhim omilidir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling